“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:59
ЎЗO‘Z

Mercedes-Benz ikkita yangi yo‘ltanlamas ishlab chiqaradi

12 sen, 00:10 11 851 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mercedes-Benz ikkita yangi yo‘ltanlamas ishlab chiqaradi Mercedes-Benz ikkita yangi yo‘ltanlamas ishlab chiqaradi. Gap ixcham GLB va o‘rta o‘lchamdagi GLG krossoverlari haqida ketmoqda.

Mercedes-Benz GLB krossoveri haqida ma’lumot internetda bir necha yildan beri yurgan bo‘lsa-da, u bozorga 2019 yilda chiqarilishi rejalashtirilayotgani endigina ma’lum bo‘ldi. AutoBild nashrining ma’lum qilishicha, model keyingi avloddagi GLA negizida yaratiladi, biroq “to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘rinishidagi” dizayn, tagi himoyasi va kattalashtirilgan klirens oladi.

Ma’lum qilinishicha, yangi mashina uzunligi 4,55 metr bo‘ladi, bu esa Mercedes-Benz GLA’nikidan 12 sm uzunroqdir. GLB o‘z sinfidagi mashinalar orasida eng katta yukxonalardan biriga ega bo‘ladi. Mashina yo‘ltanlamasga xos ko‘rinishga ega bo‘lishiga qaramay, uning standart versiyasi oldi privodli bo‘ladi. Shu bilan birga kompaniya avtomobilning yo‘ltanlamaslik ko‘rsatkichlarini kuchaytiruvchi off-roud paketini taklif qilishi kutilmoqda.

Mashinaning dvigatellari orasida 252 ot kuchiga ega dvigatel bo‘ladi. Shuningdek, 300 va 450 ot kuchiga ega dvigatellar bo‘lishi ham kutilmoqda. Shuningdek, mashina gibrid va elektr dvigatellarga ega bo‘lishi haqida gaplar yuribdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mercedes-Benz yana bitta yo‘ltanlamas – GLG modelini ishlab chiqarish istiqbollarini ko‘rib chiqmoqda. Model o‘lchamlari bo‘yicha keyingi avloddagi GLE’nikiga yaqin bo‘ladi, biroq G-Class uslubidagi ko‘rinishda yaratiladi.

Shuningdek, Mercedes-Benz’ning yana bir yangi modeli kichik o‘lchamli A-Class sedani bo‘ladi. Bu modelning ilk namoyishi bir necha kundan keyin Frankfurt avtosalonida bo‘lib o‘tadi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 375
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar