“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 19:07
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda avtomobil aslida va mish-mishlarga ko‘ra qancha turadi?

22 avg, 13:59 12 983 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda avtomobil aslida va mish-mishlarga ko‘ra qancha turadi? Oxirgi paytlarda omma orasida O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi avtomobillar narxi keskin tushib ketgani haqida mish-mishlar yuribdi. “Simsiz telegraf”ning ma’lum qilishicha, hozirda hamma mashinalar dollarga sotilib, “Matiz”ga narxlar 2-3 mingga tushib ketgani aytilmoqda. Emishki, ularni hattoki foizsiz kreditga ham sotib olish mumkin, deb yozmoqda Kun nashri.

Albatta, bu mish-mishlar sal mubolag‘aga o‘xshab ketmoqda va 12news.uz nashri muxbiri buning qanchalik rost yoki yolg‘on ekanligini tekshirib ko‘rishga qaror qildi.

Shu maqsadda muxbir Toshkentning Janubiy vokzali yaqinida joylashgan “Toshkent DEU sentr” avtosaloniga yo‘l oldi.

"Ish kunining qizg‘in pallasi bo‘lishiga qaramay, salonda xaridorlar deyarli yo‘q edi va bu holatning o‘ziyoq bu erda “past” narxlarning hattoki isi ham kelmayotganidan darak berardi. Aks holda bu erda kilometrlarga cho‘zilgan turnaqator navbatlar yuzaga kelgan bo‘lar edi. “Damas”lar pozisiyasiga ko‘ra 26-28 mln so‘mdan taklif qilinmoqda va ularni so‘mga sotib olish mumkin.

Xaridorgir “Matiz”ning arzon modellari 14,5-16,5 mln so‘mdan sotilmoqda, biroq ularni faqatgina dollarga sotib olish mumkin. Avtosalonning muloyim xodimlari “Matiz”ning eng arzon modelini tezda dollarga o‘tkazib berdilar va uning narxi 6300 dollarni tashkil qildi. Bunda xodimlar narxni chiqarishda AQSh dollarini davlat kursiga chaqishdi. Juda “dono” va ayyor usul! Biroq ayirboshlash shoxobchalari yurtimizda bir necha yildan beri bartaraf etilgan. Demakki, “Matiz” sotib olmoqchi bo‘lgan xaridor “qora bozor”dagi dollarfurushlardan qonunga xilof ravishda 6300 dollarni hozirgi bozor kursida kamida 31 mln so‘mga sotib olishga majbur bo‘ladi. Vo-ajabo, axir bu qiymat davlat o‘rnatgan narxdan deyarli ikki barobar ko‘proqni tashkil qilmoqda-ku. “Kimdir buni arzon narx desa, men tarafga tosh ota qolsin”, deb yozadi muxbir.

"20 yil avval O‘zbekistonda Prezidentning respublika hududida yagona to‘lov vositasi so‘m ekanligini tasdiqlovchi qarori chiqqan. Hozircha hech kim uni bekor qilmagan shekilli. Shunday ekan, nima uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar boshqa davlatning valyutasiga sotilmoqda?! Axir bu umuman mantiqqa zid narsa-ku. Natijada yengil avtomobillarning eng ommabop va arzon modellari odamlar uchun qog‘ozda yozilganidek uncha ham arzonga tushmayapti. Yaxshiyamki, bunday holatlar ko‘p emas. Dollarga faqatgina “Matiz”ning 5ta modeli va “Neksiya”ning 4ta modeli sotilmoqda. Qolgan barcha avtomobillar, jumladan “Kobalt”, “Lasetti”, “Malibu” va boshqa modellar o‘zimizning so‘mlarga sotilmoqda va bu holat albatta kishini quvontiradi.

Mashinalarning kreditga sotib olinishi haqidagi mish-mishlar ham o‘z isbotini topmadi. Muxbirning aytishicha, uning “bunday imkoniyat boshqa salonda bor-yo‘qligi” haqidagi savoliga qat’iyan “Yo‘q” degan javobni olgan. Ko‘rinishidan, bunga ham hali bor.

Yana bitta “lekin” chiqib qoldi. Barcha avtomobillar uchun naqd pul to‘lash lozim. Mamlakatda plastik kartochkalar tizimi jadallik bilan rivojlanayotgan paytda bu ham tushunarsiz holatligicha qolmoqda. Nima uchun avtomobillar sotib olishda bunday to‘lovning iloji bo‘lmayapti? Nima uchun avtomobillarni sotib olish faqatgina naqd pulga ega bo‘lganlar uchungina mumkin?

Biroq yuqoridagi kamchiliklarga qaramay, ijobiy o‘zgarishlar ham kuzatilmoqda – avvalgidek asabga tegadigan navbatlar yo‘qoldi, avtomobilni televizor yoki muzlatgich kabi qisqa fursat ichida sotib olish mumkin bo‘lmoqda. Yuqorida aytib o‘tilgan nomaqbulchiliklar borasida gapiriladigan bo‘lsa, ular ham kuni kelib barham topadi. Madaniyatli bozor vaqti kelib hammasini o‘z joyiga qo‘yadi", deydi muxbir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 0
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 0
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 1
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 0
  • ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi 03 мая, 18:21 1
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 0
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 129
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 182
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 38
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 144
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 101
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 88
  • Bo‘limlar