“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 05:53
ЎЗO‘Z

Amerikaning eng buyuk avtomobillari (Fotogalereya)

17 iyul, 13:15 11 745 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Amerikaning eng buyuk avtomobillari (Fotogalereya) «Motor» nashri Amerika avtomobil sanoati tomonidan shu vaqtga qadar ishlab chiqarilgan eng yaxshi mashinalar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Hennessey Venom GT
Ushbu avtomobil Lotus Cars’dan bo‘lgan britaniyalik mutaxassislar yordamida yaratilgan bo‘lishiga qaramay, hozirda u Amerika superkarlari orasida eng ko‘zga tashlanadiganlaridan biri hisoblanadi. Uning maksimal tezligi 435 kilometr/soatga teng. General Motors tomonidan ishlab chiqarilgan LS9 dvigateli 1400 ot kuchiga ega.

Cadillac Eldorado

Cadillac kompaniyasining 1959 hamda 1960 yillarda ishlab chiqargan Eldorado modeli haqiqiy klassikaga aylangan. Eldorado kabrioletining uzunligi 5,7 metrdan sal ortadi. 6,4 litrli V8 motori 325 ot kuchiga ega.

Ford Model 18

1932 yildan beri ishlab chiqariladigan, V8 dvigateliga ega Ford Model 18 AQShda ommaviy sotilgan avtomobillarning birinchisi hisoblanadi.

Ford GT40

Ushbu avtomobil Ferrari faoliyatiga zarba berish maqsadida ishlab chiqarilgan edi. GT40 «Le-Man 24 soat» poygalarida 1966 yildan 1969 yilga qadar o‘z raqiblarini ortda qoldirib, etakchilik qilgan.

Hozirda Ford ushbu mashinaning uchinchi avlodini ishlab chiqarmoqda.

Duesenberg J

1929 yilda AQShda Uoll-Strit birjasida sodir bo‘lgan voqea sabab «Buyuk depressiya» boshlangan. Aynan o‘sha vaqtda Duesenberg kompaniyasi J modelini sota boshlagan. 30 yillarda aynan shu model Rolls-Royce’dan ham oldinda turgan va boylik ramzi bo‘lib xizmat qilgan.

Willys MB

Ushbu avtomobil modelidan Ikkinchi jahon urushi vaqtida 700 ming nusxa ishlab chiqarilgan.

1,2 tonna og‘irlikka ega «Villis» soatiga 105 kilometr tezlikda harakatlana olgan.

Chevrolet Corvette

Ushbu ikki o‘rindiqli sportkar AQShda General Motors kompaniyasi tomonidan 1953 yilda Chevrolet markasi ostida ishlab chiqarilgan.

Ford Mustang

1960 yillar o‘rtalarida paydo bo‘lgan ushbu model millionlab avtomobil ishqibozlarining ko‘nglidan joy olgan. Mustang’ning oltinchi avlodi birinchi bor AQShdan tashqarida sotila boshlagan.

Tesla Model S

O‘zining 14 yillik tarixi davomida Tesla kompaniyasi AQShdagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylandi.

Ford Model T

1908 yilda ishlab chiqarilgan Model T o‘z davrida oddiy xalq avtomobiliga aylangan. Uning narxi 825 dollar bo‘lib, barcha raqiblaridan ham arzonga sotilgan. U 1927 yilga qadar ishlab chiqarilgan.

Manba: «Daryo»




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 380
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 42
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 124
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 41
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 47
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 88
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 41
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 91
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 86
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 126
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 330
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 164
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 31
  • Bo‘limlar