“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 06:04
ЎЗO‘Z

GM-Uzbekistan rahbari elektromobil ishlab chiqarilishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi

06 iyul, 18:35 7 873 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
GM-Uzbekistan rahbari elektromobil ishlab chiqarilishi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi GM-Uzbekistan tasarrufidagi korxonalarga uyushtirilgan press-tur davomida korxona bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov jurnalistlar va blogerlarning elektromobillar ishlab chiqarish borasidagi savollariga javob berar ekan, jumladan, shunday dedi:

“Bunday avtomobillar ishlab chiqarish tannarxi juda qimmatga tushadi. Bu kabi avtomobillarni ishlab chiqarish juda rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilmoqda”, - dedi Rustam Rajabov. - “Misol qilib aytadigan bo‘lsak, Gollandiya 2025 yildan keyin ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan butunlay voz kechadi. Bunday talabga ularning turmush tarzi, strukturasi va qo‘shimcha imkoniyatlari javob beradi”.

Rustam Rajabovning ta’kidlashicha, GM-Uzbekistan korxonasida bu yo‘nalishda ish olib borilmayapti. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, korxonada alternativ yoqilg‘ida, ya’ni gazda harakat qiluvchi avtomobillar ustida ish olib borilmoqda. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, endi korxonaning o‘zidan gazda yurishga ixtisoslashgan avtomobillar ishlab chiqariladi.

“Hozirgi, ya’ni benzinda yurishga mo‘ljallangan avtomobillarda gazda yurish qurilmasining o‘rnatilishi oqibatida mashinaning metallariga jiddiy shikast etmoqda. 10 yilga kafolatlangan motor, 2-3 yilga borib ishdan chiqmoqda. Biz mana shularni hisobga olgan holda, zavodning o‘zidan gazda yurishga ixtisoslashgan avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz”, dedi Rustam Rajabov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 160
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 215
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 210
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 0
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 55
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 159
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 56
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 42
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 73
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 119
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 110
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 161
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 161
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 135
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 491
  • Bo‘limlar