“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 09:22
ЎЗO‘Z

“Aloqabank” va “Asakabank" avtokredit berishni boshladi

21 iyun, 22:14 109 910 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Aloqabank” va “Asakabank" avtokredit berishni boshladi 1 iyundan O‘zbekistondagi ayrim tijorat banklari avtomobil xarid qilish uchun kreditlar ajratayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugungi kunda “Asaka” ATB va “Aloqabank” AT banklari avtomobillar uchun kredit ajratmoqda, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

“Asaka” AT bankining shartlari quyidagicha:

Jismoniy shaxslar uchun kredit muddati 3 yilgacha. Kreditning foiz stavkasi birinchi to‘lov miqdoriga qarab belgilanadi, ya’ni:

- Ilk to‘lov 35 foizgacha – yillik 18 foiz stavkada;
- Ilk to‘lov 45 foizgacha – yillik 17 foiz stavkada;
- Ilk to‘lov 45 foizdan ortiq bo‘lgan miqdorda – yillik 16 foiz stavkada;
- Ilk to‘lovsiz holatda – yillik 23 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Kreditni qoplash davomida 3 oy imtiyozli davr bo‘lib, bu vaqtda faqatgina foiz to‘lovini amalga oshiradi. Keyin asosiy kreditni qoplashni boshlaydi.

Imtiyozli kredit yosh oilalar uchun ham taqdim etiladi. Er va xotinning yoshi 30 dan oshmagan taqdirda, boshlang‘ich to‘lov sifatida avtomobilning 25 foiz qiymati to‘lanadi va yillik 9 foiz stavkada kredit ajratiladi. Yosh oilalar uchun ham kredit to‘lov muddati 3 yilni tashkil qiladi.

“Asaka” bankida avtokredit rasmiylashtirish uchun eng kam oylik ish haqining 0,5 miqdordagi darajasi to‘lanadi. Asosiy qarz miqdori imtiyozli 3 oy muddatdan so‘ng, umumiy muddat hisobiga teng bo‘linadi. O‘z vaqtida to‘lanmagan kredit summasi uchun penya belgilangan.

Avtosalon bilan shartnoma tuzilganda, avtomobil bahosi AQSh dollari hisobida qayd etiladi. Ilk to‘lovni amalga oshirish va kreditni qoplash esa milliy valyutada Markaziy bankning shu kundagi AQSh dollari kursi bo‘yicha to‘lanadi.

“Aloqabank” AT bankining shartlari quyidagicha:

Jismoniy shaxslarga avtokredit ajratish muddati 4 yilgacha. Kreditning foiz stavkasi birinchi to‘lov miqdoriga qarab belgilanadi, ya’ni:

-Ilk to‘lov 30 foizgacha – yillik 16 foiz stavkada;
-Ilk to‘lov 40 foizgacha- yillik 15 foiz stavkada;
-Ilk to‘lov 50 foizdan ortiq bo‘lganda – yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi.

Bu bankda ilk to‘lovsiz kredit rasmiylashtirish imkoniyati mavjud emas. Shuningdek, yosh oilalar uchun ham imtiyozli kredit shartlari belgilanmagan.

“Aloqabank” bilan avtokredit rasmiylashtirish jarayonida qarzning 0,05 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 380
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 2
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 47
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 30
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 23
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 53
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 41
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 25
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 91
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 304
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 81
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 87
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 152
  • Bo‘limlar