“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:01
ЎЗO‘Z

Xitoyliklar 350 ta Alfa Romeo Giulia sedanini 33 soniyada xarid qildi

23 mar, 10:08 5 827 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoyliklar 350 ta Alfa Romeo Giulia sedanini 33 soniyada xarid qildi Xitoyda Alfa Romeo Giulia sedanining 350 nusxasi 33 soniyada sotib olindi. Xarid Alibaba servisiga tegishli Tmall onlayn maydonchasida, Tmall Super Brand Day promo-aksiyasi doirasida amalga oshirildi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Sotib olingan Giulia modelining aksariyati – 290 tasi – Milano modifikasiyasiga ega bo‘lgan ikki litrli benzinli motor bilan jihozlangan. Ushbu avtomobilning bittasi 62,9 ming dollar turadi. Qolgan 60 tasi 510 ot kuchiga ega Giulia Quadrifoglio Verde sedani. Mazkur mashinaning bittasining narxi 149 ming dollarga teng.

Fiat Chrysler Automobiles (FCA) guruhidagi yana bir mashina — Maserati — 2016 yilning mart oyida Tmall servisida o‘z do‘konini ochgandi. O‘shanda kompaniya 18 soniya ichida 100 ta Levante krossoverlarini sotgan. Bitta Levante’ning narxi 146 ming dollarga teng.

2016 yil davomida 30 ta avtomobil brendi Tmall servisi orqali o‘z mashinalarini sotgan. Maserati’dan tashqari, ular orasida Audi, Mercedes-Benz va Volvo kabi brendlar ham bo‘lgan. 2016 yilning 11 noyabr kuni savdo e’lon qilinganida internet orqali 100 mingga yaqin mashina xarid qilingandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 161
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 215
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 210
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar