“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 12:50
ЎЗO‘Z

Hyundai Genesis yo‘ltanlamas modelga aylanadi

22 мая, 12:19 9 011 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Hyundai Genesis yo‘ltanlamas modelga aylanadi Hyundai kompaniyasi rahbariyati Genesis sedani platformasi negizida katta premial yo‘ltanlamas modelni ishlab chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya markasining Avstraliyadagi bo‘limi bosh PR-menejeri Bill Tomasga iqtibos keltirgan holda Motoring nashri xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz.

Bill Tomasning aytishicha, bu fikrni kompaniyaning AQShdagi idorasi ijrochi direktori Deyv Zuchovski qo‘llab-quvvatlamoqda. Zuchovski Genesis brendining kelgusida ham rivojlanishini istamoqda hamda bunday yo‘ltanlamsning AQSh bozorida katta salohiyatga ega bo‘lishini aytmoqda.

Agar Genesis yo‘ltanlamasini ishlab chiqishga “yashil chiroq” berilsa, unda ishlab chiquvchilar uni yaratishda Jeep Grand Cherokee yo‘ltanlamasidan andoza olishadi. Yangi model uzunasiga joylashgan dvigatel va salonga ega bo‘ladi. Salonda 7 kishi joylashishi mumkin bo‘ladi. Yo‘ltanlamasda 2014 yilda Jenevadagi avtosalonda namoyish qilingan Intrado konseptual krossoveridan ham ba’zi uslubiy elementlar olinishi mumkin.

Tomas yangi modelning narxi 40 ming dollardan oshishini va uning asosiy raqobatchilari Audi Q7, BMW X5 va Mercedes-Benz GLE bo‘lishini aytmoqda. Hozircha boshqa ma’lumotlar berilmagan.

Hozir mavjud bo‘lgan Hyundai Genesis modeli 2013 yilning oxirida namoyish qilingan. Modelning motorlari qatoriga mos ravishda 257 ot kuchi va 315 ot kuchiga ega ikkita 3,0 va 3,8 litrli 6 silindrli dvigatellar kiritilgan. Modelning qimmatbaho varianti 425 ot kuchiga ega 8 silindrli 5 litrli dvigatel bilan jihozlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 226
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 59
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 188
  • Bo‘limlar