“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 00:54
ЎЗO‘Z

Fransiyada yilning eng chiroyli superkari tanlandi

04 fev, 19:39 7 600 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fransiyada yilning eng chiroyli superkari tanlandi Parijdagi nogironlar uyida bo‘lib o‘tayotgan 32-Xalqaro avtomobil festivalida 2016 yilning eng chiroyli superkarini tanlashdi. Bu sharafga Ferrari GTC4 Lusso kupesi loyiq topildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

GTC4 Lusso bilan birga bu tasnifda Bugatti Chiron giperkari, Aston Martin RB001 konsepti va yangi avlod Porsche Panamera xetchbeki ham birinchi o‘rin uchun kurash olib bordi. G‘olibni taniqli arxitektor Jan-Mishel Vilmott rahbarligidagi hakamlar hay’ati aniqlagan. Mukofot Ferrari kompaniyasining bosh dizayneri Flavio Mansoniga topshirildi.
Ferrari GTC4 Lusso superkari o‘tgan yil fevral oyida debyut qilgan edi. U FF kupesi o‘rniga ishlab chiqilgan. Mashinaning barcha g‘ildiraklari etakchi bo‘lib, to‘liq boshqariluvchi shassi, moslashuvchan podveska va 12 silindrli, 6,3 litr atmosfera motoriga ega. Uning kuchi 680 ot kuchiga teng. Avtomobil soatiga 100 km tezlikka erishishi uchun atigi 3,4 soniya kifoya qiladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 335 kmni tashkil etadi.

Festival chog‘ida «eng chiroyli superkar»dan tashqari, 2016 yilning eng chiroyli konsept-karini ham aniqlab olishdi. Avval xabar berganimizdek, Renault Trezor elektr kupesi Jaguar I-Pace, Aston Martin RB001 va DS E-Tense kabi konseptlarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.






Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 161
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 223
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 4
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 12
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 10
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 8
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 90
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 18
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 78
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 57
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 52
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 22
  • Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda 01 мая, 20:33 18
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 71
  • Bo‘limlar