“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 15:15
ЎЗO‘Z

Tesla avtopiloti haydovchining o‘limiga aybdor emas deb topildi

21 yanv, 12:54 6 721 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tesla avtopiloti haydovchining o‘limiga aybdor emas deb topildi AQShning Trassalardagi harakat xavfsizligi bo‘yicha milliy boshqarmasi 2016 yil mayida Tesla Model S ishtirokida sodir bo‘lib, haydovchining o‘limini keltirib chiqargan avtohalokatni tekshirish natijalarini e’lon qildi, deb yozadi "Daryo" nashri. Tergovchilar Tesla avtopiloti normal tarzda ishlagan va halokatga sabab bo‘lmagan degan xulosaga keldi.

Hisobotda aytilishicha, elektromobilning avtomatik tormozlanish tizimi, birinchi navbatda, harakat chog‘ida to‘qnashuvlar oldini olish uchun ko‘zda tutilgan. Tesla’ning qarshisiga to‘satdan tutash yo‘ldan yuk mashinasi chiqib qolganida, u vaziyatga ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin emas.

Shu bilan birga, Tesla avtopiloti avtomobil tomonidan to‘liq boshqaruvga mo‘ljallanmagan va haydovchi tomonidan doimiy nazoratni talab qiladi. Boshqarmadagilar ta’kidlashicha, avariyadan so‘ng Tesla yana bir straxovka tizimini qo‘shdi. Endi mashina haydovchi qo‘li bilan rulni tutib turishini nazorat qiladi, agar u ogohlantirishdan keyin ham rulni tutmasa, avtopilot safar yakunlangunicha, o‘chadi.

Tekshiruv, shuningdek, Tesla mashinalarida rulni avtomatik boshqarish rejimi paydo bo‘lganidan keyin, avariyalar soni 40 foizga kamayganini ko‘rsatdi.

YTH 2016 yilning 7 may kuni, shimoliy Floridada sodir bo‘ldi. Model S avtomobili shosse bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtida yuqori yorug‘lik tufayli yuk mashinasining tirkamasi tagiga old qismi bilan kirib ketgan. Buning oqibatida 40 yoshli Joshua Braun halok bo‘ldi. Tesla vakillarining qayd etishicha, agar avtomobil tirkamaning oldi yoki orqa qismiga urilganida, xavfsizlik vositalari haydovchining jonini saqlab qolishi mumkin edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 161
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 215
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 210
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 1
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 0
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 1
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 7
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 7
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 41
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 42
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 26
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 38
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 26
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 74
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 44
  • Bo‘limlar