“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 00:59
ЎЗO‘Z

“O‘zavtosanoat” 2015 yilda umumiy qiymati 381,5 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirishni boshlaydi

16 apr, 21:03 10 144 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“O‘zavtosanoat” 2015 yilda umumiy qiymati 381,5 mln dollarlik loyihalarni amalga oshirishni boshlaydi Tarkibiga O‘zbekiston avtomobilsozlik sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar kiradigan “O‘zavtosanoat ” AK 2015 yilda umumiy qiymati 381,5 mln dollarni tashkil qiladigan loyihalarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniyaning dasturida aytib o‘tilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qarori bilan tasdiqlangan ushbu dastur yurtimiz avtomobilsozlik sohasi korxonalarining ishlab chiqarish tizimini modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha 15 ta loyihani o‘z ichiga oladi. Buning uchun yo‘naltiriladigan mablag‘lardan 254,3 mln dollari tijorat banklari, 135,9 mln dollari korxonalarning shaxsiy mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Xususan, GM Uzbekistan kompaniyasi 2015-2016 yillarda T250 platformasi negizida (Chevrolet Aveo) avtomobillarni seriyali tarzda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 104,2 mln dollar sarmoya ajratadi. Bu ishlab chiqarish quvvati yiliga 73,6 ming dona avtomobilni tashkil qiladi. “O‘zavtosanoat”, shuningdek, yangi model uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizasiya qilish uchun 53,8 mln dollar sarmoya ajratadi.

Joriy yilda Gentra sedanini yig‘ishni mahalliylashtirish bo‘yicha 18,4 mln dollarlik loyihani amalga oshirish boshlanadi. Loyiha shtam-payvandlash detallarini ishlab chiqarish asbob-uskunalarini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Boshqa yengil avtomobil modellarini mahalliylashtirish uchun alyumin detallarni ishlab chiqarish jarayoniga ikki yil ichida 38 mln dolllar sarmoya kiritiladi. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 3,2 mln dona mahsulotni tashkil qiladi.

“O‘zavtosanoat” AK Samarqand viloyatidagi MAN Auto-Uzbekistan O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish jarayonini mahalliylashtirish uchun 30 mln dollar ajratadi. Qo‘shma korxona negizida kabinalarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish loyihasi 16 mln dollar sarmoya kiritish hamda yiliga 3 ming dona mahsulot ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatiga kiritilgan sarmoyalar hajmi 2 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. “O‘zavtosanoat” AK 2004 yilda “O‘zavtosanoat” uyushmasi negizida tashkil etilgan. Kompaniya tarkibiga 20 dan ortiq korxonalar kiradi. Ulardan yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi SP GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi hamda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ eng yiriklari hisoblanadi.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 214
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 210
  • So'nggi yangiliklar
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 0
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 2
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 14
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 24
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 32
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 80
  • Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi 27 apr, 22:14 72
  • Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video) 27 apr, 21:49 101
  • Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi 27 apr, 21:24 345
  • Olmaotada avtobus haydovchisini urib, fojiali YTH sababchisi bo‘lgan yo‘lovchiga hukm o‘qildi 27 apr, 20:50 120
  • 17 yoshli hindistonlik Dommaraju jahon shaxmat toji uchun kurashadi 27 apr, 20:29 61
  • Qozog‘iston “Tolibon” uchun raqamli boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va afg‘on maktablarini internetga ulashga tayyor 27 apr, 20:00 36
  • Bo‘limlar