“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 11:26
ЎЗO‘Z

«Mersedes» Nyurburgringga yangi poyga uchun mo‘ljallangan superkarini olib chiqdi

16 apr, 17:46 10 696 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Mersedes» Nyurburgringga yangi poyga uchun mo‘ljallangan superkarini olib chiqdi Mercedes-Benz kompaniyasi mart oyida Jeneva avtosalonida namoyish qilingan AMG GT superkarining poyga uchun mo‘ljallangan nusxasini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Nyurburgringning (Germaniyadagi Nyurburg qishlog‘i yonida joylashgan poyga trassasi) “Shimoliy halqasi”da kupening harakatlanishi tasvirlangan birinchi rolik YouTube’da namoyish qilindi.

Yangi mashina takomillashgan 6,3 litr hajmga ega, 8 silindrli dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatelning quvvati haqida ma’lumot berilmagan. “Mersedes”ning avvalgi SLS AMG GT3 poyga mashinasida 550 ot kuchiga ega dvigatel o‘rnatilgan edi. Superkarning sinov ishlari 2015 yilning oxiriga qadar davom etadi, 2016 yilda esa ushbu superkar FIA GT3 chempionatida ilk bor ishtirok etadi.

Nemis mutaxassislari poyga avtomobili negizida uning oddiy yo‘l uchun mo‘ljallangan versiyasini ishlab chiqishni rejalashtirishmoqda. Bu mashina oddiy AMG GT ga o‘rnatiladigan 4-litrli V8 tvin-turbo motori bilan jihozlanadi. Taxmin qilinishicha, “superkar”ning eng ekstremal varianti uchun bu dvigatel 510 dan 550 ot kuchigacha quvvat erishishi mumkin bo‘ladi.

Avtomobil konstruksiyasida qo‘shimcha kompozit materiallardan foydalanish evaziga kupening og‘irligi 80-100 kilogrammga, ya’ni 1470 kilogrammgacha yengillashadi. Superkar 100 km tezlikka 3,6 soniyada erishishi, uning maksimal tezligi esa soatiga 310 km ga etishi kutilmoqda.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 209
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 167
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 227
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 143
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 383
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 0
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 1
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 0
  • Har kuni makaron iste’mol qilinsa organizmda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? 07 мая, 09:44 5
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 8
  • Germaniya kansleri Rigada: Rossiyaning hisob-kitoblari o‘zini oqlamadi 07 мая, 08:57 50
  • Xotirani kuchaytiradigan va miya faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlar 07 мая, 08:30 20
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 64
  • Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi 07 мая, 08:10 49
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 25
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 48
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 88
  • Bo‘limlar