“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:50
ЎЗO‘Z

General Motors Rossiya bozoridan ketishini ma’lum qildi

18 mar, 21:13 10 416 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
General Motors Rossiya bozoridan ketishini ma’lum qildi Zamin.uz - AQShning avtomobil ishlab chiqaruvchi General Motors korporasiyasi 18 mart kuni e’lon qilgan matbuot xabarnomasida Rossiya avtomobil bozoridan Opel va Chevrolet brendi modellarining aksariyat qismi to‘laligicha chiqarilishini ma’lum qilgan.

Opel 2015 yil oxirigacha Rossiya bozoridan butunlay chiqib ketadi, ya’ni bu rusumdagi mashinalar savdosi to‘xtatiladi, Sankt-Peterburgda bu rusumdagi mashinalar ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi. Chevrolet brendining Corvette, Camaro va Tahoe modellarigina Rossiyada bozorida qoladi. Shuningdek, Cadillac brendi ham savdodan chiqarilmaydi.

GM prezidenti Den Ammanning so‘zlariga qaraganda, “bu qaror juda murakkab uzoq istiqbollarga ega bo‘lgan bozorga katta miqdorda investisiyalar kiritilishining oldini oladi”.

Opel Group bosh direktori Karl-Tomas Noyman esa mamlakatdagi bozor sharoiti yirik investisiyalarni oqlamsligini ta’kidlab o‘tgan.
Sankt-Peterburgdagi avtozavod joriy yilning o‘rtalariga kelib o‘z faoliyatini to‘xtatadi. GM-Avtovaz qo‘shma korxonasi Chevrolet Niva rusumli avtomashinani ishlab chiqarishda davom etadi. Ushbu rusumlardagi avtomashinalar egalari oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun korporasiya dilerlik tarmog‘i orqali ishlashni davom ettiradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayni paytda Rossiya bozorida sotilayotgan rusumlarning deyarli barchasi mamlakatning o‘zidagi korxonalarda ishlab chiqariladi.

Manba: www.kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 224
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar