“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 14:00
ЎЗO‘Z

Kawasaki motosikllari sun’iy idrokli bo‘ladi

27 noya, 13:58 7 718 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kawasaki motosikllari sun’iy idrokli bo‘ladi Yaqin yillar ichida ovoz yordamida boshqariladigan assitent nafaqat qimmatbaho avtomobillarga, balki motosikllarga ham o‘rnatilishi mumkin. Yaponiyaning dong‘i ketgan Kawasaki Heavy Industries kompaniyasi shu rejani amalga oshirish sa’y-harakatidadir. Hozir “Kavasaki” sanoat robotlari, gidrosikllar, traktorlar, poezdlar va hatto samolyotlar ustida ishlaydi, ammo mahsulotlari qatorida motosikllarning alohida o‘rni bor. Mototexnikaning kelasi avlodi “Temir odam” filmidagi JARVIS kabi sun’iy idrokka ega bo‘lishi mumkin.

Xo‘sh, motosiklga sun’iy idrokning nima keragi bor? Albatta, ishlab chiqaruvchi birinchi galda motosiklchining xavfsizligi g‘amini eydi. Motosiklchilarning ko‘pi oddiy xavfsizlik qoidalarini pisand qilmasligini yaxshi bilasiz, tezlik rejimiga esa umuman rioya etishmaydi. Aynan shu holatda sun’iy idrok yordamga keladi va o‘ylamay-netmay tez haydashning xavfidan odam ovozida ogohlantiradi. Bordiyu, motosiklchi maslahatni qulog‘iga iladigan ahvolda bo‘lmasa, quvlikka o‘tadi. Yaqinda farzandining tug‘ilgan kuni ekanligi va oilasi uchun ham o‘z hayotini saqlashi lozimligini uqtiradi.

Kawasaki injener va dasturchilari motosikl va motosiklchi orasidagi muloqotni imkon qadar hissiyotga boy etish ustida izlanyapti. Yangi tizimga “Emotion Generation Engine and Natural Language Dialogue” deb nom berildi. Uni tayyorlashga SoftBank guruhi tarkibiga kiruvchi Cocoro SB Corp kompaniyasi mutaxassislari qarashmoqda. Aytish kerakki, bu kompaniya mutaxassislari sun’iy idrok yaratishning piri bo‘lib ketgan.

Motosiklchi bilan befarq ovozli robot emas, alohida virtual shaxs muloqot qiladi. Personal yordamchi qanaqa xulq-atvorli bo‘lishini, hattoki, mualliflarning o‘zi ham bilmaydi, barchasi egasiga bog‘liq. Kuchli hayajon yoki xatarli holatda sun’iy idrok motosikl boshqaruvini o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan hattoki, haydovchining hayotini qutqarib qolsa bo‘ladi. Inson hayoti esa hammasidan qimmatli, shunday emasmi?




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 0
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 0
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 1
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 18
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 48
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 29
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 61
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Bo‘limlar