“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 14:15
ЎЗO‘Z

Intel pilotsiz avtomobil loyihasiga 250 mln dollar ajratadi

19 noya, 15:18 7 011 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Intel pilotsiz avtomobil loyihasiga 250 mln dollar ajratadi Chamasi bir qator raqamli texnologiya gigantlari pilotsiz avtomobil yaratishga jiddiy qiziqqan ko‘rinadi. Agar Google kompaniyasi mana bir necha yildirki pilotsiz o‘ziyurar avtomobillar ustida ish olib borayotgan bo‘lsa, avvalroq Apple firmasi ham avtomobilsozlik sohasiga kirib kelmoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi.

Kuni kecha Los-Anjeles (AQSh, Kaliforniya) shahrida o‘tkazilgan avtoshouda turli prosessorlar tayyorlashga ixtisoslashgan Intel kompaniyasining rahbari Brayan Krjanich pilotsiz avtomobil ishlab chiqilishi uchun 250 mln dollar sarmoya ajratilishi haqida ma’lum qildi. Qizig‘i shundaki, Intel avtomobilsozlar konferensiyada ilk marotaba ishtiroq etmoqda, bu esa uning mazkur loyihaga naqadar jiddiy yondashayotganini isbotlaydi.

Carzone.uz saytining yozishicha, Intel mazkur loyiha doirasida avtomobilga yangi raqamli texnologiyalarni ham qo‘llash maqsadida. Yuqori axborot texnologiyalari pilotsiz avtomobilning xavfsizligini oshiradi, xarajatlarni kamaytiradi va transportning samaradorligini kuchaytiradi. Ba’zi prognozlarga ko‘ra, pilotsiz avtomobillar AQSh iqtisodiyotiga bir yilda 121 milliard dollar mablag‘ni tejab qolishiga imkoniyat yaratar ekan.

Intel’ning ba’zi texnologiyalari ayni vaqtda BMW, Daimler, Hyundai, Infiniti, Jaguar XF, Kia, Lexus, Mini Cooper, Rolls Royce, Toyota va Tesla kabi avtomobilsozlar tomonidan qo‘llanilib kelinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 165
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 4
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 46
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 62
  • Bo‘limlar