“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 20:24
ЎЗO‘Z

Elektr dvigatelli Chevrolet Corvette 750 ming dollarga baholandi

17 okt, 10:57 8 240 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Elektr dvigatelli Chevrolet Corvette 750 ming dollarga baholandi AQShning Genovation Cars kompaniyasi so‘nggi avlod Chevrolet Corvette kupesi negizida ishlab chiqilgan elektr superkar uchun buyurtmalar qabul qilishni boshladi. «Motor»ning yozishicha, Genovation Extreme Electric (GXE) nomini olgan elektrokarning narxi 750 ming dollarga teng.

Yangi avtomobilning kuch qurilmasi umumiy hisobda 660 ot kuchini bera oladigan ikki elektr dvigateldan tashkil topgan. Dvigatellar quvvati zaxirasi 210 kilometr yo‘lga etadigan akkumlyatorlar yordamida harakatga keltiriladi.

Ishlanma mualliflarining qayd etishicha, ular avtomobil og‘irligini ikki o‘qqa ideal darajada teng (50 ga 50) taqsimlashga muvaffaq bo‘lgan. Kupening dinamik tavsifi hozircha oshkor etilmayapti.

Xabar berishlaricha, bunday mashinalardan atigi 75 dona tayyorlanadi. Genovation Cars kompaniyasi 2019 yildan boshlab ishlab chiqariladigan elektrokarlar uchun hozirdan buyurtma qabul qilmoqda. Xaridor oldindan 250 ming dollar to‘lashi kerak.
Iyul oyida Genovation Cars firmasi yo‘l elektr mashinalari orasida tezlik bo‘yicha o‘z rekordini yangilagan edi. 2006 yil namunasidagi Chevrolet Corvette Z06 kupesi negizida tayyorlangan 600 ot kuchiga ega elektrokar soatiga 330,8 kilometr tezlikka erishgan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 216
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 171
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 231
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 147
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 389
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 219
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 94
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 79
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 57
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 178
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 243
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 164
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • Bo‘limlar