“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 12:08
ЎЗO‘Z

Yapon kompaniyasi Komatsu kabinasiz yuk mashinasi tayyorladi

02 okt, 02:29 8 623 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yapon kompaniyasi Komatsu kabinasiz yuk mashinasi tayyorladi Jahonda o‘ziyurar texnikalarning o‘nlab turi ishlab chiqarilyapti. Haydovchisiz avtomobillar esa tinch ko‘chalarni kezib yuribdi. Ularni to‘la ma’noda haydovchisiz deb bo‘ladimi? Yo‘q, chunki tegishli vaqtda boshqaruvni qo‘liga olishi uchun barchasida haydovchi o‘rindig‘i hamda rul, tepki, ulash tugmalari kabi boshqaruv elementlari joylashgan. Bu jo‘yali qaror, axir, bir gap bo‘lsa, mashina darhol haydovchi izmiga bo‘ysunadi, deb yozmoqda "Carzone" nashri.

Komatsu ishlab chiqargan samosvalda esa boshqaruv uskunalarining birortasi yo‘q. Na rul, na tepkilarni uchratasiz. Haydovchisi bo‘lmagach, kabinaning nima keragi bor?

Kabinasiz samosval Autonomous Haulage Vehicle deb ataladi. Unda 2700 ot kuchi bor. Kabina va haydovchi mashina uchun ortiqcha yuk, undan xalos bo‘lgach mashinaning foydali ish koeffisienti oshadi, shunday emasmi?

Garchi, kabinasiz yuk mashinasi boshsiz odam kabi ko‘rinsa-da, injenerlar uning foydasini tushuntirmoqda. Kabinada o‘tirgan haydovchi orqani ko‘rolmaydi, buning uchun yon oynaga boqib orqani tasavvur qilishi yoki mashinani to‘xtatib tushib qarashi kerak. Ko‘pincha, bortdagi yukni tushirish uchun haydovchi mashinadan tushib mo‘ljal oladi. Butunlay avtomatik rejimda ishlaydigan yapon samosvalida esa bu muammo yo‘q, chunki korpusning turli chekkalaridagi kameralardan orientasiya oladi. Qolaversa, bunday “gurzavoy” to‘rtala g‘ildiragiga yuklanish teng taqsimlanganligi tufayli turg‘unroq bo‘ladi. Muzlamada sirg‘anmaydi.

Autonomous Haulage Vehicle prototipi yaqinda Las-Vegas ko‘rgazmasida namoyish etildi. Komatsuchilar esa tez kunlarda ishlab chiqarishni boshlab yuboradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 17
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 9
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 46
  • 118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin! 05 мая, 11:00 28
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 30
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 26
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 49
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video) 05 мая, 09:51 60
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 139
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 192
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 88
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 48
  • Bo‘limlar