“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 17:10
ЎЗO‘Z

615 mln so‘mlik Lamborghini Gallardo Andijon emas, Toshkentda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

21 sen, 09:38 17 397 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
615 mln so‘mlik Lamborghini Gallardo Andijon emas, Toshkentda savdoga qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi Toshkentda O‘zbekiston Adliya vazirligi Sud departamenti tomonidan xatlangan Lamborghini Gallardo avtomobili kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda «Kim oshdi savdo servis» kompaniyasi saytida berilgan axborotga tayanib "Diydoraziz" nashri xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, avtomobil Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2015 yil 20 iyuldagi hukmi asosida berilgan 2-285-30M-14-sonli ijro varaqasiga asosan kimoshdi savdosiga qo‘yilmoqda.

22 sentyabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasi 42-uyda o‘tkaziladigan ochiq auksion savdosiga qo‘yilgan 2004 yilda ishlab chiqarilgan avtomobilning rangi olcha (qizil), boshlang‘ich bahosi — 615 583 497 so‘m.

Kimoshdi savdosida qatnashish istagida bo‘lganlar 61 558 349 so‘m 70 tiyin miqdorida zakalat pulini to‘lashlari lozim.

Avvalroq boshlang‘ich narxi 615 million so‘mga baholangan Lamborghini Gallardo Andijonda savdoga qo‘yilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Gallardo Lamborghini kompaniyasi tomonidan 2003—2013 yillarda ishlab chiqarilgan sportkar bo‘lib, uning eng arzon modeli narxi 160 ming dollardan boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 196
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 214
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 373
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 208
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi 27 apr, 16:27 1
  • AQSH razvedka idoralari Rossiya rahbariyatini Navalniyning o‘limiga aloqador deb hisoblamaydi 27 apr, 16:21 0
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 1
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 24
  • Sankt-Peterburgda ayollarni yong‘indan qutqargan qahramon o‘zbek kim edi? 27 apr, 14:14 60
  • Shahrisabzda turizm bo‘yicha xalqaro tadbir o‘tkazildi 27 apr, 13:50 20
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 67
  • Shifokor depressiyaga uchraganlarni mashina haydashdan voz kechishga chaqirdi 27 apr, 12:35 22
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 74
  • Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar 27 apr, 11:27 71
  • AQSHda benzin va propan olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib, yonib ketdi 27 apr, 11:21 58
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 86
  • Bo‘limlar