“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 10:34
ЎЗO‘Z

Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxtlar avtomobillar ustiga ag‘darildi

14 iyul, 20:27 8 997 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda kuchli shamol oqibatida daraxtlar avtomobillar ustiga ag‘darildi 13 iyuldan 14 iyulga o‘tar kechasi Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli shamol ko‘p yillik daraxtlarning qulashiga va buning oqibatida turar-joy binolari, bolalar maydonchalari hamda fuqarolarning ko‘p qavatli uylar atrofida qoldirgan shaxsiy avtomobillariga zarar etishiga sabab bo‘ldi. Bugun, 14 iyul kuni “Facebook.com” tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida ana shunday xabarlar va daraxtlar ag‘darilgani tasvirlangan suratlar bilan to‘lib-toshdi, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.

Suratlardan birini ko‘rgan ko‘p haydovchilar avtomobilning egasiga tasalli berishmoqda. Unda ko‘p qavatli uyning atrofida qarovsiz tashlab ketilgan VAZ-2106 avtomobili ustiga bahaybat daraxt ag‘darilgani tasvirlangan. Buning oqibatida avtomobil umuman tanib bo‘lmas darajaga kelgan. U o‘z ko‘rinishi butkul yo‘qotgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur holat yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etishar ekan, bunday vaziyatda sug‘urta kompaniyalari yordam bermasligini aytishmoqda. Avvalroq, xuddi shunday vaziyatga duch kelgan haydovchilardan biri avtomobilini o‘z puliga ta’mirlatganini yozib qoldirgan.

Ma’lumot uchun, 14 iyul kuni Toshkent shahrida shamol g‘arbdan soniyasiga 12-17 metr tezlikda esgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 208
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 166
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 225
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 142
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 381
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 213
  • So'nggi yangiliklar
  • Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi 05 мая, 09:59 0
  • Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda 05 мая, 09:53 2
  • Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi 05 мая, 09:51 8
  • Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi 05 мая, 07:16 83
  • Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan" 05 мая, 06:55 136
  • Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi? 05 мая, 06:26 67
  • Ivan Boshkovich: "O‘yin vaqtidagi emotsiyalar normal holat" 05 мая, 06:00 42
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 98
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 77
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 42
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 108
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 409
  • Bo‘limlar