“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 05:49
ЎЗO‘Z

Lacettining gaz balloni uskunasi bilan jihozlangan seriyasi

22 iyun, 15:11 9 157 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Lacettining gaz balloni uskunasi bilan jihozlangan seriyasi GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi gaz balloni uskunasi bilan jihozlangan Lacetti avtomobil modelini ommaviy ishlab chiqarishini ma’lum qildi.

Loyiha doirasida GM Korea hamda Landi-Renzo (Italiya) kompaniyalari bilan birgalikda avtomobil va gaz balloni uskunasi ustida o‘lchov ishlari olib borildi, shuningdek GBUga ta’luqli bo‘lgan butlovchi qismlar bilan bir qator zaruriy bo‘lgan sinov ishlari olib borildi deya habar beradi bibi.uz sayti GM Uzbekistan kompaniyasining facebook ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasiga asoslanib.

Ikki xil turdagi yonilg‘iga moslashtirilgan, kuchaytirilgan dvigatel optimal darajada ishlashi uchun GM Korea bilan birgalikda avtomobil ustida sinov ishlari olib borildi. GM Uzbekistan korxonasiga Italiyaning Faber (ballonlar) hamda “Uzavto-Landi Renzo” qo‘shma korxonasi (kapot osti butlovchi qismlar) o‘rnatiladigan GBUlarni etkazib beradi.

GBU bilan ta’minlangan mashina, to‘la yoqilg‘i bilan (benzin va gazni birgalikda hisoblaganda) 1130 km masofani bosib o‘tishi mumkin, ya’ni 850 km benzinda va 280 km gazda (tezlik 90 km/s hisobidan 280 km masofa, shahar oqimida 230 km masofa). Mashina gazdan (gaz tamom bo‘lgan hollarda) avtomatik tarzda benzinga o‘tadi va huddi shunday benzindan gazga o‘tadi.

Mutaxasisslar havfsizlikga alohida e’tibor qaratishgani haqida ham ma’lum qilishdi. Mashina ishlab chiqarish davrida barcha pog‘onalarda qattiq sifat nazorat ostidan o‘tadi, shu jumladan gazning to‘g‘ri taqsim bo‘yicha oqishi va hech qayerdan qo‘yib yubormayotganligi zamonaviy o‘lchtov uskunalari va elektron qurilmalar orqali aniqlanadi.

Eslatma o‘rnida; GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi GBU bilan jihozlangan Lacetti narxi keyinroq e’lon qilinishi haqida ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida Trade-up dasturi joriy etiladi 18 мая, 09:32 183
  • General Motors Malibu ishlab chiqarishni to‘xtatadi 10 мая, 21:27 218
  • Avtomashinani qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imi avvalgi miqdorga qaytarildi 09 мая, 14:25 245
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 240
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 186
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Eron oliy rahnamosi prezident aviahalokatga uchraganiga munosabat bildirdi 20 мая, 01:37 64
  • Vitaliy Levchenko: "Bugun mag‘lubiyatga loyiq emas edik" 20 мая, 01:29 19
  • Samvel Babayan: "Bugungi futbol bayramida biz g‘olib bo‘ldik. Bunday derbilarda katta bo‘lganman" 20 мая, 01:22 18
  • Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi 20 мая, 00:08 20
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 119
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 77
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 48
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 46
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 27
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 350
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 92
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 112
  • Bo‘limlar