“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 05:56
ЎЗO‘Z

Toshkentda yangi avlod Chevrolet Nexia taqdimoti bo‘lib o‘tdi

27 мая, 23:58 12 638 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda yangi avlod Chevrolet Nexia taqdimoti bo‘lib o‘tdi Bugun, 27 may kuni Toshkent shahridagi Driver village salonida GM Uzbekistan milliy avto ishlab chiqaruvchisining yangi avlod Chevrolet Nexia avtomobili taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Soat 19:00da boshlangan taqdimotda O‘zbekiston avtomobil sanoati doirasidagi shaxslar hamda xorijlik hamkorlar ishtirok etishdi.

O‘zbekistonda 1996 yildan buyon ishlab chiqarib kelinayotgan birinchi va ikkinchi avlod Nexia (N150) modellarining davomchisi yangi avlod Chevrolet Nexia avtomobilini 2016 yilning ikkinchi yarmidan Andijon viloyatidagi Asaka zavodida seriyali ravishda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va xorij bozoriga, xususan MDH, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan, deyiladi "Kun" nashrida.

Yangi Nexia T250 bazasida ishlab chiqarilib, imbolayzer, ABS, Isofix tizimi (bolalar o‘rindiqlari uchun mustahkamlagichlar), immobilayzer, DRL (kunduzgi old chiroqlar) va haydovchi xavfsizlik yostig‘i bilan ta’minlangan. Eng yuqori pozisiyada esa old yo‘lovchi uchun ham xavfsizlik yostiqchasi mavjud.
Avtomobil GM Powertrain-Uzbekistan tomonidan ishlab chiqarilgan sig‘imi 1,5 litrga teng, 16 klapanli 109 ot kuchiga ega benzinli S-TEC III dvigateli va besh bosqichli mexanik yoki olti bosqichli avtomat tezlik uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi.

Model 11 rang ishlab chiqariladi. Rul chambaragi Lacetti’niki bilan bir xil.

Audiotizimda Bluetooth, AUX, handsfree imkoniyatlari mavjud. USB porti to‘xtash tormoz dastasi yonida qulay qilib joylashtirilgan.







Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 207
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 163
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 223
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 141
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 374
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 212
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 20
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 13
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 25
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 24
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 52
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 35
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 32
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 141
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 28
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 117
  • Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi 01 мая, 21:36 81
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 73
  • Bo‘limlar