“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 13:18
ЎЗO‘Z

Namanganda 15 yoshli qizlar o‘zganing kir mashinasini jabrlanuvchining uyidayoq sotib yubordi

05 dek, 10:16 1 968 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Namanganda 15 yoshli qizlar o‘zganing kir mashinasini jabrlanuvchining uyidayoq sotib yubordi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida uch nafar qiz o‘zgaga tegishli kir yuvish mashinasini sotib yubordi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Ma’lum qilinishicha, 25 noyabr kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs To‘raqo‘rg‘on tuman «Turkiston» MFYda yashovchi A.D.ning (46 yoshli) yashash xonadonida hech kim yo‘qligidan foydalanib, ayvonda bo‘lgan, narxi 1,5 million so‘mlik Artel kir yuvish mashinasini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «G» bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hodisa joyida guvohlar so‘roq qilinganda, voqea sodir bo‘lgan vaqtda jabrlanuvchining yashash xonadoni oldida oq rangli «VAZ-21011» avtomashinasi va 3 nafar ayolni ko‘rganini bildirgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida videokuzatuv moslamalari yordamida «VAZ-21011» avtomashina fuqaro M.N.ga tegishli ekani aniqlangan. U o‘g‘irlangan kir yuvish mashinasini Yangi Namangan tumani «Guliston» MFYda yashovchi K.O.ga (15 yoshli) S.M., Z.D. va R.J.lardan 500 ming so‘m evaziga sotib olganini ma’lum qilgan. Kir yuvish mashinasi ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha voyaga yetmagan S.M., Z.D. va R.J. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, himoyachi va qonuniy vakillari ishtirokida so‘roq qilingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 0
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 2
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 275
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Bo‘limlar