“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:52
ЎЗO‘Z

Nima uchun har kuni karam iste’mol qilish kerak?

01 dek, 19:46 3 571 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nima uchun har kuni karam iste’mol qilish kerak? Garvard olimlari odamlarga har kuni karam tanovul qilishni maslahat berishadi. Ular aytishiga ko‘ra, yarim tarelka karam S vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyojning 45%ini qondiradi. Sputnik Armaniston karamni har kuni yeyish uchun beshta sabab topishdi.

“Manfiy” kaloriyalik
Har qanday sabzavot ham o‘zining hazm bo‘lishi uchun sarflangan energiya undan olinayotgan energiyadan ko‘pligi bilan maqtana olmaydi. Bir tovoq tug‘ralgan karamda esa, atigi 22 kaloriya bor. Agar siz vazn tashlashni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, taomnomangizdagi ayrim yuqori kaloriyali ingrediyentlarni karamga almashtirishga harakat qilib ko‘ring.
Masalan, buterbrodni non bo‘lagi ustiga emas, karam bargiga o‘rab tayyorlang. Yo bo‘lmasam lag‘mon o‘rniga maydalangan karam iste’mol qiling.

Yallig‘lanishga qarshi va virusga qarshi ta’siri
Qizil karamda flavonoidlar juda ko‘p. Ular karamga noodatiy qizil rang berib turadi. Lekin ularning asosiy foydasi – juda kuchli yallig‘lanishga, viruslarga va saratonga qarshi kurashish xususiyatlaridir. Qizil karamdan tayyorlangan salat kasallik rivojlanishini oldini olishi mumkin. Garvard olimlari qizil karamdan foydali taomnoma taklif qilishmoqda:

Yarimta qizil karamni maydalab to‘g‘rab, bir necha tomchi zaytun yog‘i va olma sirkasiga aralashtiring. Unga tuz va qalampir qo‘shing. Foydasi yanada ko‘proq bo‘lishi uchun biroz qirilgan sabzi qo‘shing.

Kletchatka manbai
Tarkibida kletchatka miqdori bo‘yicha rekordchi – Pekin karami. Undan ko‘pincha suyuq ovqat va qovurmalarda foydalaniladi. Pekin (yoki Xitoy) karamining ikkinchi nomi Napa bo‘lib, u ozuqa tolalariga juda boy.

Hazm bo‘ladigan kletchatka inson organizmida xolesterin miqdorini kamaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Hazm bo‘lmaydigan kletchatka esa – ovqat hazm qilishni yengillashtiradi va organizmning umumiy holatini yaxshilaydi.

Shuningdek, pekin karami qandli diabet kasali borlar uchun juda foydali. Uni iste’mol qilgan kishi uzoq vaqt davomida o‘zini to‘q sezishi mumkin.

Harorat nazoratchisi
Rivoyatga ko‘ra, beysbolchi Beyb Rut har doim o‘yindan oldin bosh kiyimi ostiga sovutilgan karam barglaridan bir nechtasini qo‘yib olgan. Shu tariqa u jazirama issiq kunlarda junli uniformada o‘zini yaxshiroq his qilgan. Ekspert aytishiga ko‘ra, sovutilgan karam barglari shamollagan kishining tana haroratini tushirishda ham foyda berishi mumkin. Karam barglari bosh og‘rig‘ini ham kamaytirishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi Isroil elchixonasini yoqib yuborishga uringan talaba 5 yilga qamaldi 08 мая, 16:50 0
  • O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi 08 мая, 16:10 1
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi 08 мая, 10:35 58
  • O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi 08 мая, 08:57 41
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 59
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar