“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2021, 16:30
ЎЗO‘Z

Belarusdan noqonuniy muhojirlar Polshaga bostirib kirishga urindi (video)

25 okt, 23:20 1 109 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Belarusdan noqonuniy muhojirlar Polshaga bostirib kirishga urindi (video) Belarus va Polsha chegarasida 24 oktabr kuni kechqurun 60 ga yaqin noqonuniy muhojirlar guruhi Polshaga bostirib kirmoqchi bo‘ldi, tartibsizliklarda ikki polshalik askar yaralandi. Bu haqda Polsha chegara xizmati matbuotiga tayanib «Korrespondent.net» xabar berdi.

«Chet elliklar tayoq ishlatgan, shuningdek, Polsha armiyasi askarlari va chegara xizmati zobitlariga tosh otgan. Askarlardan birining yuziga shox bilan, ikkinchisining yuziga tosh bilan urishgan. Ularning ikkalasini ham Belostokdagi kasalxonaga yetkazishga to‘g‘ri kelgan. Ularning ahvoli yaxshi, allaqachon shifoxonadan chiqarildi», — deyiladi xabarda.

Chegarachilar ham yengil tan jarohatlari olgan, ular tibbiy yordamga murojaat qilmagan. Muhojirlar Polshaga o‘tishga muvaffaq bo‘lmagan.
Ofitserlar chegaradan o‘tganlar orasida simto‘siqni kesgan fuqarolik kiyimidagi belaruslik askarlarni tanib qolgan.

Belarus va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari chegarasidagi migratsion inqiroz Aleksandr Lukashenkoning Minsk endi Yevropani muhojirlardan himoya qilmoqchi emasligini aytganidan keyin boshlandi. Shundan so‘ng, ommaviy axborot vositalarida xabar berilishicha, belaruslik chegarachilar chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan odamlarga jiddiy to‘sqinlik qilmaslik haqida yashirin ko‘rsatma olgan.

Xususan, Litvada bahordan buyon migratsiya inqirozi davom etmoqda. Mamlakatga Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlaridan yuzlab fuqaro — bari Belarus orqali kirib kelmoqda. O‘tgan yil bilan taqqoslaganda, Belarus—Litva chegarasi orqali o‘tayotgan noqonuniy muhojirlar oqimi 39 barobarga oshgan.

Litvada iyul oyining oxirida favqulodda holat rejimi joriy qilingandi. Mamlakat Belarus bilan chegarada to‘siq qurishni boshlagan. Shuningdek, Litva hukumati o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etishga rozi bo‘lgan noqonuniy muhojirlarga 300 yevrodan to‘lashga va’da bermoqda.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘onistonlik qochqinlar Polshaga kiritilmayapti 30 sen, 16:15
  • Polsha AQSHdan F-35 samolyotlari sotib olmoqchi 16 yanv, 20:19
  • Polsha prezidenti Stalin va Gitlerni til biriktirganlikda aybladi 01 sen, 16:33
  • Svetov: "Trampning Polshaga borishdan voz kechgani - buringa chertishdir" 30 avg, 22:25
  • Lukashenko Polshaga Putin taklif qilinmagani sababli bormaslikka qaror qildi 29 avg, 06:38
  • Saakashvilining Kiyevda ushlanishi videosi namoyish qilindi 13 fev, 10:35
  • So'nggi yangiliklar
  • Qarzdorlik “Lasetti” sotilib bartaraf qilindi 29 noya, 16:10 0
  • Teri holatiga ta’sir qilib erta qarishga olib keladigan 7 odat 29 noya, 15:36 15
  • O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda 29 noya, 15:10 107
  • Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv ko‘targan voqea: O‘zMU talaba qizlari nega banner ko‘tarishdi? 29 noya, 14:43 167
  • AQSH mudofaa vazirligi «uchar likopchalar» jumbog‘ini yechishga qat’iy kirishdi 29 noya, 14:12 149
  • Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi 29 noya, 13:47 165
  • O‘zbekiston MTJ Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 29 noya, 13:29 178
  • Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada? 29 noya, 13:00 136
  • Toshkent viloyatida «rahnamo» qo‘lga tushdi 29 noya, 12:37 333
  • Bugun “Oltin to‘p-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi 29 noya, 12:12 300
  • Mourinyu: "Men 5:0 hisobidan ko‘ra minimal hisobda g‘alaba qozonishni afzal ko‘raman" 29 noya, 11:43 283
  • Sovuq havoda qo‘llarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar 29 noya, 11:15 145
  • Bo‘limlar