“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 06:11
ЎЗO‘Z

Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli

24 okt, 20:30 893 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moddalar almashinuvini tezlashtirishning 7 samarali usuli Foto: «Domashniy ochag»
Metabolizmning yosh o‘tish bilan sekinlashishi hech kimga sir emas. Katta yoshli ayollarning vazni har yili 200 grammga ortib boradi. 50 yoshga kelib esa moddalar almashinuvi yomonlashgani hisobiga, taxminan, 16 kiloga yaqin vazn yig‘iladi.

Yetarlicha ovqatlanish
Ozish uchun kundalik ratsionni birdaniga qisqartirish to‘g‘ri emas. Dastlab, natija sezilgani bilan keyinchalik organizm uchun bu stress bo‘lishi mumkin. Oziqlanishda yetishmovchilik kuzatilganda mavhumlikni yomon ko‘rgan organizm yog‘larni sarflamasdan, o‘zida saqlab turishi mumkin. Shuning uchun ham metabolizmni jadallashtirmoqchi bo‘lsangiz ochlik haqida unuting.

Nonushtadan voz kechmang
Metabolizmni yaxshilaydigan parhezda, albatta, nonushta bo‘lishi kerak. Tongda tanovul qilmaydigan ayollar, nonushtani kanda qilmaydiganlarga nisbatan 4,5 marta ko‘proq semirishdan aziyat chekadi. Birinchidan, kunning birinchi yarmida organizmga kiradigan kaloriya, deyarli to‘liq energiyaga aylanadi. Ikkinchidan, to‘yib qilingan nonushta uzoq vaqt qorinni to‘q tutib, zararli biron narsa yeb qo‘yishning oldini oladi. Aynan nonushta faol turmush tarzi kechirish uchun yetarlicha energiya beradi. Bu esa tabiiyki, salomatlik va go‘zal qomat uchun muhim sanaladi.

Choy yoki qahva ichish
Kuniga uch finjon qahva ichish moddalar almashinuvini 5—8 foizga jadallashtiradi. Natijada hech nima qilmagan taqdirda ham odam 98—174 kaloriya sarflaydi. Qolaversa, yangi damlangan choyning atigi bir piyolasi organizmdagi metabolizmni 12 foizga tezlashtirishi mumkin.

Ko‘p suv ichish
Kuniga 6 stakan sovuq suv ichilsa, yiliga 2,5 kilogramm, kuniga esa 50 kaloriya yo‘qotasiz. Agar metabolizmni yanada yaxshiroq jadallashtirishni istasangiz, darhaqiqat sovuq suv iching. Shunda uni tana haroratiga muvofiq isitish uchun organizm qo‘shimcha energiya sarflaydi.

Oqsilga boy mahsulotlarni kanda qilmang
Har bir ovqat tarkibida oqsil bisyor bo‘lishi mushaklar uchun foydali. Qolaversa, oqsilga boy ratsion metabolizmni 35 foizga jadallashtiradi.

D vitamin ham muhimligini esdan chiqarmang
Baliq, tuxum, sut va dengiz mahsulotlaridan tashqari quyosh nuri ham D vitaminining koni sanaladi. D vitamini metabolizmni tezlashtirish xususiyatiga ega eng foydali moddalardan hisoblanadi. U sizning ratsioningizda yetarli bo‘lmasa, moddalar almashinuvi sekinlashishidan qochib bo‘lmaydi.

Sut ichishni kanda qilmang
Ayrim tadqiqotlarda kalsiy tanqisligi moddalar almashinuviga salbiy ta’sir qilishi aniqlangan. Gap shundaki, ratsionda sutli mahsulotlar bo‘lmagani sabab ayollarda 40 yoshdan keyin ushbu tanqislik tez-tez kuzatiladi. Tvorog, yogurt, sut singari kalsiyga boy mahsulotlar iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Chunki aynan sut yog‘lari organizmdagi ortiqcha kaloriyani energiyaga aylantiradi va boshqa zararli yog‘lardan himoya qiladi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Qirq yoshdan keyin oson ozish bo‘yicha 7 tavsiya 06 sen, 18:20
  • Nonushta qilishdan butunlay voz kechilsa organizmda qanday o‘zgarish yuz beradi? 27 apr, 13:53
  • Qanday ichimliklar ozishga yordam beradi? 16 apr, 21:43
  • Qaysi soatda nonushta qilish foydali? 09 mar, 11:55
  • Moddalar almashinuvi tezlashishi uchun nonushtada iste’mol qilish zarur bo‘lgan mahsulotlar 21 avg, 18:20
  • 7 sabab: Sizni semirishga nima majbur qilmoqda? 22 sen, 09:41
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya. "Roma" Bolonyada mag‘lubiyatga uchradi, Shomurodov 38 daqiqa o‘ynadi 02 dek, 01:43 493
  • Koronavirusning barcha ma’lum shtammlarini ta’sirsiz qiluvchi antitanacha aniqlandi 02 dek, 01:39 455
  • Sho‘rvani ratsionga kiritish qanchalik muhim? 01 dek, 23:30 518
  • Virtual yaxta 650 ming dollarga sotildi 01 dek, 23:03 520
  • Toshkentda 14 yoshli bola o‘zganing Damas’ini olib qochayotganida egasi uni tutib oldi 01 dek, 22:38 540
  • Toliblar va Eron chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi 01 dek, 22:11 686
  • “Roma”ning ikki futbolchisiga xaridor chiqdi 01 dek, 21:50 773
  • Joze Mourinoga zarbof chopon va do‘ppi kiygizildi 01 dek, 21:25 866
  • Haydovchidan bosh kiyimiga puflashni so‘ragan YPX xodimiga chora ko‘riladimi? 01 dek, 21:03 642
  • «Facebook» Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi 01 dek, 20:36 588
  • Tuxel “Bavariya” yulduzini “Chelsi”ga o‘tishga ko‘ndirdi 01 dek, 20:12 770
  • Nima uchun har kuni karam iste’mol qilish kerak? 01 dek, 19:46 785
  • Bo‘limlar