“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 04:59
ЎЗO‘Z

Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi

24 okt, 18:48 1 440 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Legionerimizning goli jamoasini YECHLga olib chiqish imkonini berdi Qozog‘iston premer-ligasida ishtirok etayotgan “Tobol” so‘nggi tur oldidan musobaqa jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi va chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniga ega bo‘ldi.

UYEFA a’zosi hisoblangan Qozog‘istonda yuqori divizion – premer-ligada 14 ta jamoa ishtirok etmoqda. Ular ikki davrali tizimda g‘oliblik uchun kurashyapti. Musobaqa g‘olibi kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasining saralash bosqichiga yo‘llanma oladi.

Ayni paytda qo‘shni mamlakat yuqori ligasida O‘zbekistondan faqatgina bir futbolchi – Igor Sergeyev to‘p tepmoqda. O‘tgan yilning oxirida “Paxtakor” bilan shartnomasi yakunlagan mohir hujumchi dastlab, “Aktobe” safiga qo‘shilgandi. O‘shanda, Sergeyevga “Astana” klubi ham da’vogarlik qilgan, biroq hamyurtimiz o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan “Aktobe”ni tanlagandi. Afsuski, ushbu klubda rahbariyat o‘zgarishi munosabati bilan chempionlikka da’vogar jamoaning ishlari ortga ketdi.

18 ta uchrashuvda yettita gol bilan “Aktobe” to‘purari bo‘lib turgan Igor Sergeyevga yozda “Tobol” taklif bilan chiqdi. Kustanayliklar o‘zbekistonlik futbolchi yordamida UYEFA Konferensiyalar ligasi uchrashuvlari oldidan tarkibni kuchaytirishga qaror qilgandi. Moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan “Aktobe” eng ko‘p maosh oladigan Sergeyevni qo‘yib yubordi.

Legionerimiz haqiqatan Konferensiyalar ligasida yangi jamoasiga katta yordam bera oldi. Xorvatiyaning “Xayduk” jamoasi bilan bo‘lgan ilk uchrashuvda “Tobol” safarda 0:2 hisobida yutqazib kelgan edi. Lekin uydagi javob o‘yinida 4:1 hisobida zafar quchib, uchinchi bosqichga o‘tdi. Gollardan ikkitasi Igor tomonidan kiritildi. Biroq, jamoaga guruh bosqichgacha chiqish uchun tajriba yetishmadi.

“Tobol” bor e’tiborini ichki chempionatda peshqadam “Astana”ga yetib olishga qaratdi. Nihoyat, 25-turdan so‘ng maqsadiga yetib, kustanayliklar birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bunda uchinchi o‘rinda borayotgan “Qayrat”ning yordami katta bo‘ldi. Bu turda o‘z maydonida “Astana”ni qabul qilgan “Qayrat” 1:0 hisobida zafar quchdi.

O‘z navbatida, “Tobol” futbolchilari imkoniyatdan unumli foydalanib qoldi. Ular “Shaxtyor”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ikkinchi golni Igor Sergeyev kiritdi. Bu hamyurtimizning premer-ligadagi 10-goli bo‘ldi. Igor “Tobol”ga o‘tganidan keyin “Ordabasi” va “Qizil-Jar” darvozasini ham ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirgan.

Qozog‘iston premer-ligasida so‘nggi tur oldidan “Tobol” 58 ochko bilan peshqadamga aylandi. Alamli mag‘lubiyatdan so‘ng, “Astana” ikki ochko kam ochko bilan ikkinchi pog‘onaga tushib qoldi. “Tobol”ga foydasi tekkan “Qayrat” esa chempionatni uchinchi o‘rinda yakunlashi aniq bo‘lib ulgurgan.

Mazkur turdagi aniq zarbasidan keyin umumiy gollarini 10 taga yetkazib olgan Igor Sergeyev to‘purarlar bahsida uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Gol urish bo‘yicha peshqadam Marin Talmasov “Astana” safida jami 17 ta to‘p kiritgan. Uni ta’qib qilayotgan “Qayrat” hujumchisi Artur Shushenachev hisobida 12 ta aniq zarba bor.

Premer-liganing oxirgi turi 30 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu kuni chempionlikni rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘lgan “Tobol” futbolchilari “Akjayik” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Hamon oltin medal uchun imkoniyatini saqlab turgan “Astana” esa o‘z muxlislari guvohligida “Turon” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Igor Sergeyev jamoasi chempionlik imkoniyatini qo‘ldan boy bermasligiga umid qilamiz. Hujumchimizda esa, ko‘p karra O‘zbekiston chempionligi qatoriga Qozog‘iston chempionati oltin medalini qo‘shib qo‘yish ehtimoli katta. Omad, Igor!



Mavzuga oid yangiliklar
  • Legionerimiz yangi jamoaga o‘tdi! 19 iyul, 17:13
  • Abramov ishonch bildirmagan to‘purar legionerimizni Yevropaga sotishmoqchi! 08 iyul, 08:00
  • O‘zbekiston MTJ futbolchisiga Yevropa klublaridan taklif bor 22 iyun, 17:34
  • Bosh bilan urish mana bundoq bo‘ladi! Xet-trik qilgan legionerimiz to‘purarlar poygasida yetakchiga aylandi 09 мая, 21:13
  • Igor Sergeyevga APL klubi qiziqmoqda?! 22 apr, 10:39
  • Igor Sergeyev "Aktobe" futbolchisiga aylandi! 18 fev, 14:41
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya. "Roma" Bolonyada mag‘lubiyatga uchradi, Shomurodov 38 daqiqa o‘ynadi 02 dek, 01:43 368
  • Koronavirusning barcha ma’lum shtammlarini ta’sirsiz qiluvchi antitanacha aniqlandi 02 dek, 01:39 362
  • Sho‘rvani ratsionga kiritish qanchalik muhim? 01 dek, 23:30 446
  • Virtual yaxta 650 ming dollarga sotildi 01 dek, 23:03 470
  • Toshkentda 14 yoshli bola o‘zganing Damas’ini olib qochayotganida egasi uni tutib oldi 01 dek, 22:38 492
  • Toliblar va Eron chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi 01 dek, 22:11 604
  • “Roma”ning ikki futbolchisiga xaridor chiqdi 01 dek, 21:50 695
  • Joze Mourinoga zarbof chopon va do‘ppi kiygizildi 01 dek, 21:25 792
  • Haydovchidan bosh kiyimiga puflashni so‘ragan YPX xodimiga chora ko‘riladimi? 01 dek, 21:03 598
  • «Facebook» Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi 01 dek, 20:36 550
  • Tuxel “Bavariya” yulduzini “Chelsi”ga o‘tishga ko‘ndirdi 01 dek, 20:12 708
  • Nima uchun har kuni karam iste’mol qilish kerak? 01 dek, 19:46 723
  • Bo‘limlar