“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2021, 05:04
ЎЗO‘Z

AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi

24 okt, 18:38 787 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH vizasini olishi mumkin bo‘lgan rossiyaliklar “boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritildi Foto: AP
Rossiya aholisi AQSH vizasini olish uchun Polsha poytaxti Varshavadagi elchixonaga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda AQSH davlat departamenti ma’lum qildi.

Davlat departamentida AQSH vizasini olishga da’vogarlik qiluvchi rossiyaliklar Homeless Nationalities, ya’ni “Boshpanasiz millatlar” toifasiga kiritilgan. Odatda, davlat departamenti bunday toifaga AQSH diplomatik vakolatxonasiga ega bo‘lmagan yoki beqaror siyosiy vaziyatga ega bo‘lgan davlatlar fuqarolarini kiritadi. Bunday holatlarda AQSH ushbu davlatlar fuqarolarini qo‘shni davlatlardagi elchixonalariga biriktirib qo‘yadi.

Hammasi bo‘lib ushbu toifaga 10 ta davlat, jumladan Somali, Venesuela, Suriya va Eron fuqarolari kiritilgan.

Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar 15 aprelda Vashington Moskvaga qarshi yangi sanksiyalar kiritgandan keyin keskinlashdi. O‘sha kuni Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasining 10 xodimi AQSHdan chiqartirib yuborilishi ma’lum bo‘lgan. 16 aprelda Rossiya bunga qarshi javob choralari ko‘rgan.

30 aprelda AQSHning Rossiyadagi elchixonasi noimmigratsion va nodiplomatik safarlar uchun vizalar berishni to‘xtatishini, 12 maydan esa Moskva elchixonaga xorijliklarni ishga yollashni taqiqlaganidan keyin konsullik xizmatlari sonini qisqartirishini e’lon qilgan.

12 oktabrda AQSH va Rossiya o‘z elchixonalari faoliyatini tiklash bo‘yicha maslahatlashuvlarning yangi raundini o‘tkazishga kelishib olgan. Vashington Moskvadan elchixonalardagi xodimlar sonini tenglashtirishni talab qilmoqda.

Amerikalik senatorlarning ta’kidlashicha, ayni vaqtda Rossiyada 100 ga yaqin amerikalik diplomat ishlaydi, AQSHda esa rossiyalik diplomatlar soni 400 dan ko‘proqni tashkil qiladi. “Diplomatik vakolatxonalarda bunday nomutanosiblikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu sababli Rossiyada ishlovchi amerikalik diplomatlar va AQSHda ishlovchi rossiyalik diplomatlar sonini tenglashtirish uchun Rossiya yetarlicha viza berishi kerak”, deb aytilgan maktubda.

Rossiya tashqi ishlar vazirligida ta’kidlanishicha, AQSHda senatorlar aytgandagidek ko‘p sonda rossiyalik diplomatlar ishlamaydi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘oniston 20 yil oldingi davlat emas – Zalmay Xalilzod 16 iyul, 11:30
  • AQSH iyul oxirida Amerika vizasini so‘ragan afg‘onistonliklarni evakuatsiya qilishni boshlaydi 14 iyul, 22:55
  • AQShda ikki xil rangga ega qisqichbaqa ushlandi 08 iyul, 17:58
  • Suriya harbiylari Amerikaning uchuvchisiz uchar moslamasini urib tushirdi 18 mar, 10:43
  • AQShning Illinoys shtatida neft ortilgan vagonlar yonib ketdi 06 mar, 12:18
  • AQShlik beva ayolga marhum eridan guldasta keldi 18 fev, 14:59
  • So'nggi yangiliklar
  • A Seriya. "Roma" Bolonyada mag‘lubiyatga uchradi, Shomurodov 38 daqiqa o‘ynadi 02 dek, 01:43 369
  • Koronavirusning barcha ma’lum shtammlarini ta’sirsiz qiluvchi antitanacha aniqlandi 02 dek, 01:39 362
  • Sho‘rvani ratsionga kiritish qanchalik muhim? 01 dek, 23:30 446
  • Virtual yaxta 650 ming dollarga sotildi 01 dek, 23:03 470
  • Toshkentda 14 yoshli bola o‘zganing Damas’ini olib qochayotganida egasi uni tutib oldi 01 dek, 22:38 492
  • Toliblar va Eron chegarachilari o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi 01 dek, 22:11 604
  • “Roma”ning ikki futbolchisiga xaridor chiqdi 01 dek, 21:50 695
  • Joze Mourinoga zarbof chopon va do‘ppi kiygizildi 01 dek, 21:25 792
  • Haydovchidan bosh kiyimiga puflashni so‘ragan YPX xodimiga chora ko‘riladimi? 01 dek, 21:03 598
  • «Facebook» Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi 01 dek, 20:36 550
  • Tuxel “Bavariya” yulduzini “Chelsi”ga o‘tishga ko‘ndirdi 01 dek, 20:12 708
  • Nima uchun har kuni karam iste’mol qilish kerak? 01 dek, 19:46 723
  • Bo‘limlar