“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2021, 06:59
ЎЗO‘Z

Fransiya Buyuk Britaniyaga «baliq urushi» e’lon qildi

23 okt, 15:17 972 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Fransiya Buyuk Britaniyaga «baliq urushi» e’lon qildi Foto: «TODAYOnline»
La-Mansh bo‘g‘ozida yuzaga kelgan holat tufayli Parij diplomatik munosabatlar keskinlashishiga-da tayyor. Chunki Buyuk Britaniya ko‘pchiligi uchun baliqchilik avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan kasb yoki yagona tirikchilik manbai hisoblangan fransuz dengizchilariga ov qilishlari uchun kvotalarni tasdiqlash va litsenziyalar berilishini rad etmoqda.

Fransiya hukumati spikeri Gabriyel Attal mamlakat hukumati Buyuk Britaniyaga qarshi qator sanksiyalarni tayyorlayotgani haqida bayonot berdi. Fransuzlarning arazini tushunish mumkin.

Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Brexit natijasida tuzilgan kelishuvlarga muvofiq, tomonlar bir-birlarining hududiy suvlarida baliq ovlashga to‘sqinlik qilmasligi kerak, hisobi yuritilib, ruxsat etuvchi hujjatlar taqdim etib borilsa bas.

Ma’lumot uchun: fransuzlardan tashqari belgiyaliklar va gollandlar ham baliq tutuvchi Britaniya hududiy suvlarida dengiz mahsulotlari aylanmasi yiliga 635 million yevroga teng. Britanlar birlashgan Yevropa dengizlarida tutadigan baliq va boshqa mahsulotlar qiymati yiliga 110 million yevroni tashkil etadi.

Brexitni rasmiylashtirishda eng bahsli va eng ko‘p vaqt sarflangani baliqchilik sohasi bo‘lgandi. Kechagi do‘stlari bilan xayrlashayotgan London qarama-qarshi sohillardan kelgan baliqchilarga to‘sqinlik qilmaslikka yozma va’da bergandi. Biroq 2021 yil og‘ir keldi: pandemiyaning ikkinchi to‘lqini, energiya tashuvchilar narxlari osmonga chiqib ketdi — britanlar va’dalarini buzishlariga to‘g‘ri keldi...

Parij oqilona ish tutishga har qancha chorlamasin, London sukut saqlashni afzal bildi, baliq tutishga noqonuniy chiqishga majbur bo‘layotgan fransuz baliqchilarining yolvorishlarini eshitmaslikka oldi.

«Baliqchilarimizga dengizlaringizni ochmas ekansiz — energiya ko‘prigi orqali elektr yetkazishni to‘xtatamiz», — dedi diplomatik yo‘llar bilan qo‘shni davlatni insofga keltira olmagan fransuz dengiz vaziri Annik Jirarden.

Bu bayonot qanchalik jiddiyligini tushunish uchun ayrim faktlarga e’tibor qaratamiz. Ayni paytda La-Manshning ikki sohilini quvvati 2 ming va 1 ming megavattli IFA-1 va IFA-2 energiya ko‘priklari tutashtirib turibdi. Bularning birinchisi 1986 yilda, ikkinchisi esa Britaniyada elektr energiyasiga talab tinmay oshib borayotgani va o‘z ehtiyojlarini ta’minlay olmagani uchun 2020 yilda qurilgan. Energoko‘priklar boshqaruvi Fransiya—Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi — «Interconnexion France-Angleterre» (IFA) izmida. Ko‘priklardagi energiya ta’minotida Fransiya yetakchi o‘rin tutadi — 80 foiz. Bu shuni anglatadiki, fransuzlar tokni uzib qo‘ygan taqdirda Britaniyadagi har o‘n birinchi lampochka, yo‘l chirog‘i yoki do‘kon tepasidagi chiroq o‘chib qoladi.

Fransiya so‘nggi daqiqalargacha ustunlik mavqeini suiiste’mol qilmagan holda shartnoma majburiyatlariga amal qilib keldi. Biroq, aftidan, uddaburon britan diplomatiyasi Parijni alal-oqibat «buloqqa olib borib, suv ichirmay kelgan» ko‘rinadi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Yevropa Ittifoqi Brexitni kechiktirishga rozi bo‘ldi 28 okt, 22:00
  • Brexit oqibatlari 25 avg, 07:53
  • Eron Britaniya tankerini ushlaganidan so‘ng «turli ssenariylar»ga tayyorligini bildirdi 21 iyul, 17:08
  • Tramp Britaniyaga «misli ko‘rilmagan» savdo kelishuvini va’da qildi 04 iyun, 22:25
  • Shotlandiya Buyuk Britaniyadan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazadi 30 мая, 18:18
  • Buyuk Britaniya XVIII asrdagi qarzlarini tarqatishga qaror qildi 28 dek, 15:25
  • So'nggi yangiliklar
  • YECHL. Dramatik kechgan bahsda "Zenit" "Chelsi" bilan durang o‘ynadi 09 dek, 01:01 528
  • Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi 09 dek, 00:40 730
  • Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va olimpiya terma jamoalarining keyingi yil rejalari bilan tanishdi 09 dek, 00:00 514
  • Хonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi 08 dek, 23:40 581
  • Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman" 08 dek, 23:00 579
  • Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi! 08 dek, 22:30 770
  • O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy ustozlik qiladi 08 dek, 22:00 559
  • Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi 08 dek, 21:30 606
  • O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 ta davlat qatoriga kirdi 08 dek, 21:05 513
  • Napoleonning to‘pponchalari va qilichi 2,9 million dollarga sotildi 08 dek, 20:35 481
  • Toshkentdagi «Aviasozlar» bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi 08 dek, 20:08 464
  • AQSH butun dunyodagi jurnalistlar himoyasi uchun mablag‘ ajratadi 08 dek, 19:43 366
  • Bo‘limlar