“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 02:52
ЎЗO‘Z

Saylov kuni koronavirusga qarshi qanday choralar ko‘riladi?

23 okt, 14:24 1 385 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saylov kuni koronavirusga qarshi qanday choralar ko‘riladi? Ertaga — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni. Ayni paytda ushbu muhim siyosiy jarayonga eng so‘nggi tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Ammo shu damda ko‘pchilikni bir savol o‘ylantirmoqda: xo‘sh, yurtimizda xukm surayotgan pandemiya sharoitida bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlari davomida koronavirus kasalligini tarqalib ketishiga, avj olishiga qarshi qanday chora-tadbirlar belgilangan?

Biroz avval O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining matbuot markazida boshlangan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev shu haqda ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishda koronavirus infeksiyasi (COVID-19)ni tarqalishi xavfini oldini olish to‘g‘risida» yo‘riqnoma ishlab chiqilgan va Markaziy saylov komissiyasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan.

Olti bob, 39 banddan iborat ushbu yo‘riqnomada saylovchilar tomonidan koronavirus infeksiyasi yuqishining oldini olishga qaratilgan va aholi turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan asosiy qoidalarga rioya etilishi belgilab qo‘yilgan.

Xususan, saylov uchun ajratilgan binoga tashrif buyurganlar va kuzatuvchilar, shuningdek barcha ishtirokchilar niqob taqish qoidasiga qat’iy amal qilishi uchun yetarli miqdorda tibbiy niqoblar zaxirasi yaratildi.

Binolarning kirish qismida va ovoz berish xonasida ijtimoiy masofani saqlash uchun 1,5–2 metr oraliq masofa belgilandi hamda harakatlanish yo‘nalishini ko‘rsatuvchi chiziqlar chizildi.

Himoya va profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda haroratni o‘lchash uchun termometr, pirometrlar, bir martalik tibbiy qo‘lqop, yuz niqoblari (saylov komissiyasi a’zolari uchun), antiseptik suyuqlik (sanitayzer) moslamalari saylov uchastkalariga yetkazib berildi.

Binobarin, okrug va uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolarga kamida bir nafardan tibbiyot xodimi biriktirildi va ular tomonidan saylov komissiyalari binolarining kirish qismida tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchash, antiseptik vosita bilan qo‘llarini dezinfeksiya qilish va zaruratga ko‘ra himoya niqobi berish ishlari tashkillashtirildi.

Shu bilan birga, saylov uchun ajratilgan binolarda shamollatish va saylov kunidan oldingi dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 160
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 101
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 172
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 95
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 85
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 43
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 85
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 32
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 39
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 49
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 76
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 153
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 129
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 82
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 75
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 160
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 445
  • Bo‘limlar