“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2021, 06:11
ЎЗO‘Z

AQSH «Al-Qoida» yetakchilaridan biri o‘ldirilganini ma’lum qildi

23 okt, 13:13 846 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH «Al-Qoida» yetakchilaridan biri o‘ldirilganini ma’lum qildi Foto: Reuters
Suriyada «Al-Qoida» yetakchilaridan biri AQSH tomonidan berilgan aviazarba oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda AQSH Qurolli Kuchlari Makarziy qo‘mondonligiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Suriya shimol-g‘arbiga amalga oshirilgan bugungi aviazarba natijasida ‘Al-Qoida’ning yuqori martabali yetakchisi Abdulla Hamid al-Matar yo‘q qilindi. Aviazarba oqibatida tinch aholiga shikast yetgani to‘g‘risida ma’lumotlarimiz yo‘q», — deydi qo‘mondonlik matbuot kotibi mayor Jon Rigsbi.

Ma’lum qilinishicha, aviazarba MQ-9 uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasi yordamida amalga oshirilgan.

Qo‘mondonlikning qayd etishicha, yuroqi martabali jangarining o‘ldirilishi «terrorchilik tashkilotining keyingi rejalari va global hujumlarni amalga oshirish qobiliyatiga putur yetkazadi».

Bundan avval AQSH razvedkasi «Al-Qoida» hozirgi vaziyatda Afg‘onistondan tashqarida hujumlar uyushtirishga qodir emasligini aytgandi. «Razvedka hamjamiyatining joriy bahosiga ko‘ra, ‘Al-Qoida’ning imkoniyatlari ancha oldin shu qadar tanazzulga uchraganidan hozir u chet elda hujumlar uyushtira olmaydi», — dedi AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken.

Aprel oxirida «Al-Qoida» AQSHga qarshi «har tomondan hujum qilish» bilan keng ko‘lamli urush boshlashni va’da qilgandi. Terrorchilik tashkiloti vakillari ushbu urushning «AQSH butun islom dunyosidan chiqarib yuborilgunga qadar» davom etishini qayd etgan. Sentabr o‘rtalarida esa AQSH razvedkasi «Al-Qoida» 1-2 yil ichida hujumga o‘tishi mumkinligi haqida ogohlantirish bilan chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning fevralida AQSH Yamanda «Al-Qoida» terrorchilik tashkilotining Arabiston yarimorolidagi yetakchisi Qosim ar-Rimiy o‘ldirilganini ma’lum qilgandi.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘onistonda «Al-Qoida» va Tolibon qo‘mondonlari yo‘q qilindi 30 mar, 21:05
  • Tramp bin Lodinning o‘g‘li o‘ldirilganini ma’lum qildi 14 sen, 22:22
  • Iroq harbiy aviasiyasi kamida 100 ga yaqin jangarini yo‘q qildi 10 мая, 07:45
  • Yamanda "Al-Qoida"ning bir qator etakchilari qo‘lga olindi 23 apr, 11:44
  • Yamanda «Al-Qoida Arabiston yarim orolida» etakchilaridan biri yo‘q qilindi 14 yanv, 15:40
  • Yaman kasalxonasiga berilgan aviazarba natijasida 14 kishi halok bo‘ldi 17 avg, 10:33
  • So'nggi yangiliklar
  • YECHL. Dramatik kechgan bahsda "Zenit" "Chelsi" bilan durang o‘ynadi 09 dek, 01:01 528
  • Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi 09 dek, 00:40 730
  • Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va olimpiya terma jamoalarining keyingi yil rejalari bilan tanishdi 09 dek, 00:00 514
  • Хonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi 08 dek, 23:40 581
  • Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman" 08 dek, 23:00 579
  • Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi! 08 dek, 22:30 770
  • O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy ustozlik qiladi 08 dek, 22:00 559
  • Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi 08 dek, 21:30 606
  • O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 ta davlat qatoriga kirdi 08 dek, 21:05 513
  • Napoleonning to‘pponchalari va qilichi 2,9 million dollarga sotildi 08 dek, 20:35 481
  • Toshkentdagi «Aviasozlar» bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi 08 dek, 20:08 464
  • AQSH butun dunyodagi jurnalistlar himoyasi uchun mablag‘ ajratadi 08 dek, 19:43 366
  • Bo‘limlar