“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2021, 07:19
ЎЗO‘Z

Kuzda vazn to‘plashga sabab bo‘ladigan holatlar

23 okt, 12:46 749 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kuzda vazn to‘plashga sabab bo‘ladigan holatlar Foto: Getty Images
Kunlar qisqa va sovuq bo‘lgani, mevalar kam yeyilgani hisobiga kuzda organizm odatdagidan ko‘proq stressni boshdan kechiradi. Kaloriya kam sarflangani va jismoniy faollik yetishmagani uchun esa kilolar ortiqcha to‘plana boshlaydi.

Stressning ortishi
Kuz fasli aksariyat hollarda ko‘plab uchrashuv, tadbir, bitirilishi kerak bo‘lgan ishlar, safarlarga to‘la bo‘ladi. Boshqacha aytganda sovuq kelishi, avitaminoz tufayli organizm boshdan kechiradigan stress ortadi. Molekular biokimyo jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda yozilishicha, aynan kuz faslida ko‘p ovqatlanamiz va stressni his qilganda nosog‘lom mahsulotlarni iste’mol qilamiz.

Stressni qanday kamaytirish mumkin?
Sport, sayr qilish, shuningdek, meditatsiya va nafas mashqlari stress gormoni kortizolni kamaytiradi.

Havoning sovishi
Sovuq kunlarda kishi odatdagidan ko‘proq uxlaydi. Umumiy faollik kamayishini hisobga olmaganda bu salomatlik uchun foydali. Hammada ham yomg‘irli ob-havo sharoitida. Ochiq havoda sport bilan shug‘ullanish istagi paydo bo‘lavermaydi. Faollikning kamayishi kaloriya kam sarflanayotganini bildiradi.

Sovuq haroratli kunlarda qanday qilib faollikni saqlab qolish mumkin?
Ochiq havoda jismoniy mashqlar bajarishni yaxshi ko‘rsangiz, kiyimni to‘g‘ri tanlashga harakat qiling. Yo bo‘lmasa, mashg‘ulotlarni onlayn tomosha qilish orqali bajarishingiz mumkin. Buning uchun telefoningizga maxsus ilovani yuklab olsangiz bo‘ladi.

Ovqatlanishga e’tibor bering
Kuz mazali qahva, qiyomli ponchik, issiqqina sho‘rva va go‘shtli raguni iste’mol qilish uchun ayni muddao. Qolaversa, ruhiyatdagi o‘zgarish sabab shirinlikka moyillik ham doimiy ravishda kuzatilishi mumkin.

Qanday qilib tansiq kuzgi taomni salomatlikka zarar yetkazmasdan turib, miriqib iste’mol qilsa bo‘ladi?
Eng asosiy tavsiya — har narsada me’yorni bilish. Ko‘proq sabzavot iste’mol qiling, ko‘katlarni yeyishni kanda qilmang. Porsiyani kamaytirish ham yaxshi samara beradi. 2020 yil Ovqatlanish axloqi va jismoniy faollik xalqaro jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda, likopcha va porsiya odatdagidan kamroq bo‘lganda ishtirokchilar kamroq kaloriya to‘plagani ma’lum qilingan.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Immunitetni mustahkamlashga yordam beradigan kundalik odatlar 17 sen, 17:34
  • Jismoniy faollikning salomatlik, ruhiyat va kayfiyat uchun foydasi 04 avg, 20:55
  • Sog‘lom bo‘lay desangiz: Puls me’yorda bo‘lishi uchun 6 tavsiya 29 mar, 12:33
  • Ozmoqchi bo‘lganlar iste’mol qilsa bo‘ladigan 5 ta foydali shirinlik 15 dek, 22:38
  • Ortiqcha ovqatlanishdan tiyilishga yordam beradigan 5 tavsiya 13 dek, 14:49
  • Stress, quvonch va jismoniy faollik miyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 28 iyun, 20:00
  • So'nggi yangiliklar
  • YECHL. Dramatik kechgan bahsda "Zenit" "Chelsi" bilan durang o‘ynadi 09 dek, 01:01 528
  • Said Muxtorov Kamila Gimandinovani zo‘rlashga uringani haqidagi aktrisaning iddaosiga munosabat bildirdi 09 dek, 00:40 730
  • Ravshan Ermatov O‘zbekiston U-18 va olimpiya terma jamoalarining keyingi yil rejalari bilan tanishdi 09 dek, 00:00 515
  • Хonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi 08 dek, 23:40 581
  • Qudratillo Abduqahhorov: "Amerikada kattaroq nomlar bilan jang qilishni hohlayman" 08 dek, 23:00 579
  • Mourino Shomurodovning raqobatchisini tanladi! 08 dek, 22:30 770
  • O‘zbekiston ayollar terma jamoasiga yaponiyalik murabbiy ustozlik qiladi 08 dek, 22:00 559
  • Denovdagi portlashdan zarar ko‘rgan ob’ektlar soni oshkor qilindi 08 dek, 21:30 606
  • O‘zbekiston elektr energiyasi eng arzon 10 ta davlat qatoriga kirdi 08 dek, 21:05 513
  • Napoleonning to‘pponchalari va qilichi 2,9 million dollarga sotildi 08 dek, 20:35 481
  • Toshkentdagi «Aviasozlar» bozorida iste’molga yaroqsiz go‘sht aniqlandi 08 dek, 20:08 464
  • AQSH butun dunyodagi jurnalistlar himoyasi uchun mablag‘ ajratadi 08 dek, 19:43 366
  • Bo‘limlar