“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2021, 16:29
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev: «Toshkent viloyati uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash kvotalari ikki barobarga oshiriladi»

16 okt, 18:07 657 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev: «Toshkent viloyati uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash kvotalari ikki barobarga oshiriladi» Foto: Madina Nurman
2021 yilda Toshkent viloyatidagi maktab bitiruvchilarning bor-yo‘g‘i 16 foizi oliygohlarga qabul qilingan. Bu haqda O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi «Daryo».

Shavkat Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent viloyatida oliy ma’lumot va toifaga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar ulushi 54 foizni tashkil etadi. Bu respublikada eng past ko‘rsatkichlardan biri.

Ta’kidlanishicha, Chirchiq, Nurafshon, Olmaliq, Yangiyo‘l shaharlari, Bekobod, Toshkent va Yangiyo‘l tumanlaridagi 70 foiz maktablar ikki smenada, ayrim maktablar hatto uch smenada ishlamoqda.

«Endi, Toshkent viloyatini maktab ta’limi islohotlarining namunasiga aylantirish bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi. Avvalambor, Yangi O‘zbekiston ustozlari dasturi amalga oshirilib, ta’lim sifati past 60 ta maktabga boshqa hududlardan kamida 150 nafar malakali o‘qituvchi jalb qilinadi. Ularga maxsus ustama to‘lanadi, 15 million so‘m bir martalik to‘lov beriladi, yashash joyining ijara puli qoplanadi. Keyingi uch yilda 25 ming nafar yoki 70 foiz o‘qituvchilarning malakasi oshirilib, xalqaro va milliy sertifikat olishi ta’minlanadi. Ushbu ishlarga xususiy ta’lim tashkilotlarini ham faol jalb qilinadi», — deydi davlat rahbari.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati uchun malakali pedagog kadrlarni tayyorlash kvotalarini ikki barobarga oshirish taklifini bergan.

«Kelgusi besh yilda budjetdan 20 ta yangi maktab quriladi, 260 tasi rekonstruksiya qilinadi va kapital ta’mirlanadi. Bundan tashqari, Toshkent viloyatidan boshlab maktablarni qurish va foydalanishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Jumladan, Qibray, O‘rta Chirchiq, Zangiota va Toshkent tumanlarida xususiy kapitalni jalb qilgan holda 12 ta zamonaviy tipdagi maktablar qurilib, foydalanishga topshiriladi. Ushbu maktablar uchun to‘lovlar lizing asosida budjet hisobidan 25 yil davomida amalga oshiriladi», — deya qayd etadi Shavkat Mirziyoyev.



Mavzuga oid yangiliklar
  • Chirchiq shahri «qizil» hududga aylandi 12 iyun, 19:40
  • OTMlarda davlat grantlari 2 barobar oshiriladi, qizlar uchun esa alohida grantlar ajratiladi 24 yanv, 12:15
  • Toshkent viloyati 4 ta shahridan «ajraldi» 04 iyun, 20:59
  • MIB direktori Toshkent viloyatida sayyor qabullar o‘tkazmoqda 15 мая, 19:53
  • Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi maktabga bordi 10 мая, 23:23
  • Qabul tugaganda yangi pedagogika instituti tashkil etilmoqda. Xo‘sh, unga kimlar qabul qilinadi? 29 iyul, 13:10
  • So'nggi yangiliklar
  • Teri holatiga ta’sir qilib erta qarishga olib keladigan 7 odat 29 noya, 15:36 15
  • O‘zbekistonda qishning dastlabki kunlarida anomal iliq bo‘lishi kutilmoqda 29 noya, 15:10 107
  • Ijtimoiy tarmoqda shov-shuv ko‘targan voqea: O‘zMU talaba qizlari nega banner ko‘tarishdi? 29 noya, 14:43 167
  • AQSH mudofaa vazirligi «uchar likopchalar» jumbog‘ini yechishga qat’iy kirishdi 29 noya, 14:12 149
  • Tijorat banklarida dollar kursi birinchi marta 10 830 so‘mga qadar ko‘tarildi 29 noya, 13:47 165
  • O‘zbekiston MTJ Yaponiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi 29 noya, 13:29 178
  • Raniyaning parhezi: Iordaniya qirolichasining sarvqomatlik siri nimada? 29 noya, 13:00 136
  • Toshkent viloyatida «rahnamo» qo‘lga tushdi 29 noya, 12:37 333
  • Bugun “Oltin to‘p-2021” taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi 29 noya, 12:12 300
  • Mourinyu: "Men 5:0 hisobidan ko‘ra minimal hisobda g‘alaba qozonishni afzal ko‘raman" 29 noya, 11:43 283
  • Sovuq havoda qo‘llarni parvarish qilish bo‘yicha tavsiyalar 29 noya, 11:15 145
  • Qashqadaryoda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs ishni yopish uchun IIB xodimiga pora bermoqchi bo‘ldi 29 noya, 10:48 235
  • Bo‘limlar