“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 19:04
ЎЗO‘Z

Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik"

15 okt, 22:36 1 759 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik" "Metallurg" katta murabbiyi Artyom Petrosyan "Nasaf"ga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.
O‘yin haqida
— Birinchi navbatda, yigitlarga rahmat aytmoqchiman. Ikkinchi taymda 10 kishi bo‘lib qolganimizga qaramasdan, oxirigacha kurashishdi. Penaltidan gol urolmadik, lekin bu — futbol, shunaqasi ham bo‘lib turadi.

"Nasaf" – tezkor va yaxshi tarkibga ega jamoa. Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik. Jamoamiz futbolchilariga ikkinchi bo‘limdagi harakatlari uchun tashakkur.

— Darvozabon yaxshi harakat qildi...
— Darvozabonning vazifasi o‘zi shu, u qutqarishi kerak. Ikkita qiyin vaziyatda zo‘r o‘ynadi va jamoamiz joniga ora kirdi.

— "Metallurg" o‘tgan yilga qaraganda yomonroq o‘ynamoqda. Bu nima bilan bog‘liq?
— Buni hozir tushuntirib berolmayman, bu uzoq vaqtni talab qiladi. O‘ylaymanki, o‘tgan yilgi yetakchilarning jamoani tark etgani ta’sir qildi.

— Jasur Abduraimov iste’fosi bo‘yicha izoh berolasizmi?
— Bosh murabbiyimiz Jasur Abduraimov betob. O‘zingiz ko‘rdingiz, zaxira o‘rindig‘ida ispaniyalik janob Luis Manuel Ernandes o‘tirdi. U kishi bizga yordam bermoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 51
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 196
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 204
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 184
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 0
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 1
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 3
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 29
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 21
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 51
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 196
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Bo‘limlar