“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 02:53
ЎЗO‘Z

Usik Londonda Joshua ustidan sensatsion g‘alabaga erishdi

26 sen, 09:00 1 626 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Usik Londonda Joshua ustidan sensatsion g‘alabaga erishdi Londondagi «Tottenhem Hotspur» stadionida Toshkent vaqti bilan 25 sentabrdan 26 sentabrga o‘tar kechasi katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning asosiy jangida super og‘ir vazn toifasida WBA, WBO, IBF va IBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-2, 22 KO) va Oleksandr Usik (19-0, 13 KO) o‘zaro to‘qnash keldi.

Superog‘ir vazn toifasida Entoni Joshua va Aleksandr Usik jangida Usik ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, WBA, WBO, IBF va IBO kamarlarini qo‘lga kiritdi.

Jangning katta qismi ukrainalik bokschi ustunligida kechdi. 12-raund oxirida Usik raqibiga zarbalar seriyasini yog‘dirdi va Joshuani nokautdan bong qutqarib qoldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan Usikning g‘alabasini qayd etdi — 117-112, 116-112, 115-113.

Shu tariqa Oleksandr Usik og‘ir vazn toifasida Jahon chempioniga aylandi.

Jang videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Xo‘sh, endi ular o‘rtasida ikkinchi jang o‘tkazilishi mumkinmi? Albatta o‘tkaziladi... Matchroom kompaniyasi chempion bokschilariga jang uchun shartnoma qilayotganda albatta bir band kiritiladi. Ya’ni agarda Matchroom kompaniyasi mijozi bo‘lgan chempion imkoniyatni boy berasa, g‘alaba qozongan bokschi unga revansh berishi belgilanadi.

Bu kompaniya rahbari Eddi Xirnning ishbilarmonligi yoki ehtiyotkorligi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Usik va Joshua shartnoma bangida ham Joshua mag‘lub bo‘lsa, ikkinchi jang o‘tkazilishi kiritilgan. Bu holatni Joshuaning Endi Ruisga qarshi jangida ham ko‘rishimiz mumkin. Qisqacha aytganda, siz Matchroom kompaniyasi chempion bokschisidan kamarlar tortib olmoqchi bo‘lsangiz, ularni ikki marta mag‘lub etishingiz kerak...




Mavzuga oid yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • So'nggi yangiliklar
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 9
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 8
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 17
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 19
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 85
  • Isroil Madrimov o‘z divizionida yengilmas Kroufordga “non” bermoqchimas! 26 apr, 23:30 39
  • Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi 26 apr, 23:10 49
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 64
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 106
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 189
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 134
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 70
  • Bo‘limlar