“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 17:48
ЎЗO‘Z

Rim derbisi: Shomurodovda Reynaga gol urish tajribasi bor. Mourino undan foydalanadimi?

26 sen, 08:00 2 650 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rim derbisi: Shomurodovda Reynaga gol urish tajribasi bor. Mourino undan foydalanadimi? Italiya futbolining eng keskin va murosasiz uchrashuvlardan biri poytaxt klublari – Latsio” va “Roma” o‘rtasidagi Rim derbisi hisoblanadi. Qariyb 100 yildan beri davom etayotgan bu kurash jamoalarning musobaqa jadvalidagi o‘rnidan qat’i nazar har doim muhim ahamiyat kasb etib keladi va muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turadi.

Joriy mavsumdagi ilk derbi A Seriyaning oltinchi turiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu galgi to‘qnashuvga “Latsio” mezbonlik qiladi. Lekin o‘yin “Roma” uchun ham uy stadioni hisoblangan mashhur “Olimpiko” arenasida bo‘ladi.

Bu derbida nafaqat buyuk tarixga ega ikki jamoa, balki ularni boshqarayotgan zamonamizning eng kuchli murabbiylari – Mauritsio Sarri va Joze Mourino ham o‘zaro to‘qnashadi.

Har ikki jamoaning joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarida farq katta. “Roma” xo‘jayinlari jamoani yana grandlar qatoriga qaytarmoqchi. Shu bois, uni boshqarishga Joze Mourino taklif etildi. Klub transferga pul ayamayapti. “Bo‘rilar”da tarkibga futbolchi tanlashda kamchilik yo‘q. Hatto kuchli futbolchilar ko‘pligidan Mourino hammaga ham joy topib berolmayapti.

“Roma” bu mavsumda Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi va Konferensiyalar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Hozircha, natija ham chakki emas. “Roma” A Seriya va Yevropa miqyosida sakkizta uchrashuvdan yettitasida zafar quchdi. Mourino shogirdlari chempionatda to‘rtta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

“Latsio” uzog‘i bilan Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashadi. Ular mavsumni ketma-ket ikkita g‘alaba bilan boshlaganiga qaramay, qatorisiga to‘rtta uchrashuvdan beri zafar qucha olmayapti. “Burgutlar” dastlabki ikki turda “Empoli”ni 3:1, “Spetsiya”ni 6:1 hisobida yengib, keyin “Milan”ga yutqazdi, “Kalyari” va “Torino” bilan ochko bo‘lishdi. Bu ko‘rsatkichlar evaziga jamoa yettinchi o‘rinda turibdi. Yevropa ligasi guruh bosqichida Sarri shogirdlari Turkiyada “Galatasaroy”ga mag‘lub bo‘ldi.

Jamoalar Rim derbisida o‘zaro 176 marotaba to‘qnash kelgan. Sezilarli ustunlik “bo‘rilar” tomonida. “Roma” hamshaharlarini jami 66 marotaba mag‘lub etgan. Yana 63 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. “Burgutlar” 47 marotaba raqibdan ustidan zafar quchgan. To‘plar nisbati 219:174. “Roma” foydasiga.

“Latsio”ning asosiy quroli – Chiro Immobile hisoblanadi. Mohir hujumchi beshta uchrashuvda oltita gol urdi va Krishtianu Ronaldu hamda Romelu Lukaku Angliyaga ketganidan keyin to‘purar bahsida yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Shuningdek, himoyachi Elseid Xyusay, Franchesko Acherbi, yarim himoyachilar Luis Alberto, Sergey Milinkovich-Savich ham jamoa yetakchilaridan. Darvozani jahon chempioni Pepe Reyna qo‘riqlaydi.

Shu o‘rinda, Eldor Shomurodov mashhur darvozabonni dog‘da qoldira olganini ta’kidlash lozim. O‘tgan mavsumda “Jenoa” hujumchisi bo‘lgan hamyurtimiz Rimdagi bahsda mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Bo‘lajak uchrashuvda Joze Mourino Eldorning Reynaga gol urish tajribasidan foydalanishi mumkin. Chunki Italiya nashrlarining yozishicha, Temmi Abraxam derbini o‘tkazib yuborish ehtimoli yo‘q emas ekan. Rimliklar tarkibida jarohatidan qutilmagan himoyachilar Leonardo Spinatssola va Matias Vina aniq o‘ynamaydi. Jamoa sardori va yetakchisi Lorenso Pellegrini qizil kartochka sabab, bo‘lajak bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Apellyatsiya bergan Mourino uning qizil kartochkasini bekor qildira olmadi. Aytilganidek, angliyalik hujumchining ham maydonga tushishi so‘roq ostida. Balki bu xabar raqibni chalg‘itish uchun chiqarilgandir. Bunaqasini Mourinodan kutish mumkin.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, bu galgi uchrashuv ham Eldor Shomurodovga o‘zini ko‘rsatish uchun yana bir yaxshi imkoniyat. Faqat mister Mourino legionerimizga yetarli vaqt bersa bo‘ldi...

“Latsio” – “Roma” uchrashuvi 26 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 168
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 71
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 138
  • So'nggi yangiliklar
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 0
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 76
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Bo‘limlar