“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 11:43
ЎЗO‘Z

Leonardo Di Kaprio sun’iy go‘sht yetishtirish startapiga sarmoya kiritdi

25 sen, 09:47 1 557 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Leonardo Di Kaprio sun’iy go‘sht yetishtirish startapiga sarmoya kiritdi Foto: «Film.ru»
Gollivud yulduzi va ekologiya kurashchisi sun’iy go‘sht yetishtirishga ixtisoslashgan startapga sarmoya kiritdi, deb xabar beradi «Film.ru».

Leonardo Di Kaprio birdaniga ikki kompaniyaga sarmoya kiritgan: Isroilning Aleph Farms va Niderlandiyaning Mosa Meat kompaniyalari. Aleph Farms birinchi bo‘lib kosmosda go‘sht o‘rnini bosuvchi mahsulot yetishtirgani va 3D printerda ribay steykini chop etgani bilan tanilgan bo‘lsa, ikkinchi kompaniya laboratoriya sharoitida hujayralardan go‘sht yetishtirgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu mavzu hozirda faol muhokama qilinmoqda, chunki sun’iy go‘sht ham hayvonlarning hujayrasi yordamida yetishtiriladi va ishlab chiqarish dastlabki bosqichlarda bo‘lib, ekologiya tarafdorlarining ko‘plab tanqidlariga uchramoqda. Biroq Di Kaprio iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashuvchilar harakatining eng mashhur a’zolaridan biri bo‘lib, uning g‘oyasi haqiqatda yordam berishi mumkin.

Aktyor faqatgina investitsiya kiritibgina qolmay, korxonalarga konsultatsiya berib keladi. Uning fikricha, ovqatlanish tizimini transformatsiya qilish iqlim inqirozidan qutulishning yana bir yo‘li hisoblanadi. Buni esa sun’iy go‘shtni yetishtirish orqali amalga oshirish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Leonardo Di Kaprio iqlim muammolari bo‘yicha BMTning tinchlik elchisiga aylangandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 2
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 1
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 0
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 0
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 118
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Bo‘limlar