“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2021, 04:05
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda dam olish kunidan boshlab havo sezilarli darajada salqinlashadi

24 sen, 13:55 1 249 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda dam olish kunidan boshlab havo sezilarli darajada salqinlashadi Dam olish kunlari havo sezilarli darajada salqinlashadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet». Qayd etilishicha, 24—25 sentabr kunlari quyoshli va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat 32-34 darajagacha ko‘tariladi. Bu me’yordan 4-6 darajaga yuqori degani.

26 sentabr, yakshanba kuni respublika hududining katta qismida iliq havo massalarining kirib kelishi saqlanib turadi, kechasi harorat 15-17 darajani, kunduz kuni 35-37 darajani tashkil etadi.

Shu kuni respublikaning shimoliy hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo kirib kelishi boshlanadi. Kechga tomon Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 7-12 darajagacha, kunduz kuni 20-25 darajagacha pasayadi.

Dushanba kuni salqin havo O‘zbekistonning barcha hududiga tarqaladi. Respublika bo‘yicha harorat foni keskin pasayadi va haftaning birinchi yarmi davomida kunduz kungi havo harorati 23-27 daraja, kechasi 12-15 daraja atrofida bo‘ladi.

26—27 sentabr kunlarida salqin havo massasining kirib kelishida bulutli qatlamlar ko‘payadi va ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.

Haftaning ikkinchi yarmida havo haroratining yanada pasayishi kutilmoqda.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshidan salqin tushishi kutilmoqda 17 sen, 16:01
  • Dam olish kunlari kechasi harorat 12-15 darajagacha tushib ketadi 10 sen, 17:04
  • O‘zbekistonda issiq ob-havo qachon pasayishi ma’lum qilindi 05 iyul, 15:52
  • O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda 07 iyun, 15:15
  • «O‘zgidromet» dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi 12 mar, 18:09
  • O‘zbekistonga salqin havo massalari kirib keladi 11 fev, 18:44
  • So'nggi yangiliklar
  • Lavrov aralash nikohdan tug‘ilgan bolalarga avtomatik ravishda Rossiya fuqaroligini berishni taklif qildi 16 okt, 00:17 151
  • Renault avtokonserni O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish va sotishni boshlaydi 15 okt, 23:58 161
  • Toliblar Afg‘onistonda yangi Oliy sud tuzilganini e’lon qildi 15 okt, 23:33 202
  • Shavkat Mirziyoyev SHHT davlat rahbarlari bilan muloqot qildi 15 okt, 23:03 187
  • Haydovchilardan bir qator hujjatlarni talab qilish bekor bo‘lmoqda 15 okt, 22:38 292
  • Artyom Petrosyan: "Standartlarda e’tiborni yo‘qotganimiz uchun gol o‘tkazib yubordik" 15 okt, 22:36 287
  • Masharipov OCHL bahsi oldidan intervyu berdi 15 okt, 22:15 321
  • Ishsiz aliment to‘lovchilar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi 15 okt, 21:50 238
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Bugun raqibga nisbatan har tomonlama kuchliroq edik" 15 okt, 21:49 346
  • Bunaqasi bo‘lmagan: BAAda noyob o‘g‘irlik sodir etildi 15 okt, 21:30 523
  • AQSHga kirishdagi barcha cheklovlar olib tashlanmoqda 15 okt, 21:06 306
  • U-23 Osiyo chempionatiga saralash O‘zbekistonda o‘tishi mumkin 15 okt, 21:01 314
  • Bo‘limlar