“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:07
ЎЗO‘Z

Olimlar nima sababdan ko‘p televizor ko‘rish kerak emasligini ma’lum qildi

21 sen, 19:58 2 967 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar nima sababdan ko‘p televizor ko‘rish kerak emasligini ma’lum qildi Foto: Men’s Life
Teledasturlarni tomosha qilishga mukkasidan ketish kognitiv funksiyalarning yomonlashishi hamda kul rang moddalar hajmining kamayishiga olib keladi. Bularning barchasi demensiyaning (aqli zaiflik) rivojlanish xavfini oshiradi. Bu kabi intellektual passivlikni amerikalik olimlar stol va kompyuter o‘yinlari yoki kitob mutolaasi bilan almashtirishni taklif etmoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Amerika kardiologlar hamjamiyatining onlayn anjumanida televizor qarshisida juda ko‘p o‘tirish miyaga xavfli ekanligi bir vaqtning o‘zida uchta tadqiqot orqali ma’lum qilindi. Teledasturlarni uzoq vaqt davomida tomosha qilish kognitiv funksiyalarning yomonlashishiga va miyadagi kul rang modda hajmining kamayishiga olib keladi.

Kognitiv funksiyalar insonga yodda saqlash, o‘ylash, fikr qilish, muloqot qilish va muammolarni hal etish imkonini beradi. Qarigan sari ular sekin-asta yomonlashib boradi va hozirga kelib insonning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi sezilarli darajada ortdan bir paytda, kognitiv buzilishlar dunyo aholisi uchun jiddiy muammoga aylanmoqda — har yili 7 milliondan ortiq kishiga demensiya tashxisi qo‘yiladi. Ammo kognitiv funksiyalarga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillar yashash tarziga bog‘liq va inson uni mustaqil nazorat qila oladi.

«Tadqiqotlar miya salomatligini ta’minlaydigan jismoniy mashqlar foydasini namoyish etgan, ammo ko‘p harakat talab etilmaydigan, masalan, televizor ko‘rish kabi mashg‘ulotlarning miya tuzilmasi va funksiyasiga ta’siri haqida ma’lumot kam. Bunga e’tibor qaratish muhim, chunki boshqa tadqiqotlar jismoniy faollik va kam harakatchan hayot tarzi inson sog‘lig‘iga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin», — deydi Alabama universitetidan bo‘lgan professor Kelli Peti Gabriel.

Taqqoslashlarga ko‘ra, teledasturlarni xush ko‘ruvchilarning kognitiv funksiyasi umuman televizor ko‘rmaydigan yoki juda kam ko‘radiganlarga qaraganda 6,9 foizga yomon bo‘lib chiqqan.

Tadqiqotchilar televizor tomosha qilishni ko‘proq kognitiv funksiyalarni ko‘proq talab etadigan ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga almashtirishni taklif qilmoqda — masalan, turli stol va kompyuter o‘yinlariga yoki kitob o‘qishga. Bu jiddiy intellektual yoki jismoniy yuklamalarni talab etmaydi, ammo miyani himoyalashga yordam beradi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 93
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 256
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 167
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 380
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 176
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar