“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 05:51
ЎЗO‘Z

Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim"

16 sen, 23:30 1 262 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim" Superliganing 18-turi doirasida "Surxon"ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirok etdi.
- Birinchi bo‘limda juda ham zo‘r o‘yin namoyish qildik, faqatgina gol yetishmadi. Ikkinchi bo‘limning dastlabki 20 daqiqaligida ham zo‘r o‘yin ko‘rsatdik. Adolatli g‘alabaga erishdik, deb hisoblayman. Yigitlar g‘alaba uchun qattiq harakat qilishdi. Bu g‘alaba jamoada ishlayotgan barchaniki.

- So‘nggi uch yilda "Lokomotiv"da faqatgina ushbu mavsumda mazmunli o‘yin ko‘ryapmiz. Siz o‘z o‘yin uslubingizni to‘liqligicha singdirib bo‘ldingizmi?
- Futbolchilar ko‘p narsalarni o‘rganishdi. Hali ular o‘sish jarayonida. Ha, boshida qiynaldik. Mashg‘ulotlarda futbolchilarning o‘yin davomida vaziyatlarga qarab qaysi pozitsiyalarda o‘ynashi uqtirib boriladi. Bu narsa o‘z samarasini bermoqda.

- Aziz Amonov ko‘p gol urmoqda. Buning sababi markaziy hujumga ko‘chirilganimi yoki murabbiy ko‘rsatmasimi?
- Futbolchilarga individual sifat berishni yomon ko‘raman. Jamoa umumiy ko‘rinishda o‘sishga erishmoqda. Aziz ham jamoadagi boshqa futbolchilar kabi o‘smoqda. Shu sababli u terma jamoaga chaqirildi. Ko‘plab futbolchilarda o‘sishni ko‘ryapmiz. Bugun Igor Chikrizov ham maydonga tushdi.

- "Surxon" bosh murabbiyi Jasur Jaloliddinovni futboldan boshqa ishlarga chalg‘iyotgani sababli jismoniy holati yaxshi emasligini aytdi. Bu haqida nima deysiz?
- Har bir futbolchi bir xilda ishlashi kerak. Kimning tayyorgarligi yaxshi bo‘lsa, o‘shalar o‘yinni asosiy tarkibda boshlaydi.

- Jamoada o‘sish katta. Umumiy fikrlar yuqori darajada. Biroq vaziyatlarni yakunlashda negadir futbolchilarning mahorati yetishmayapti.
- Fikringizga qo‘shilaman. Birinchi bo‘limda bunday vaziyatlar ko‘p bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa tushuntirishlar berildi va vaziyatlardan foydalandik.

- Jamoada Jasur Jaloliddinov hamda Temurxo‘ja Abduxoliqovda fikrlash yuqori darajada. Buni o‘stirish kerak.
- Tavsiya uchun rahmat. Bu borada ishlaymiz.

- Odatda biz Marat Bikmayevning zaxiradan maydonga tushishini ko‘rardik. Bu safar Igor Chikrizov maydonga tushirildi. Igorning tayyorgarligi Maratdan yaxshiroqmi?
- Barcha futbolchilar 100 foizga tayyor edi. Shunchaki men Igorga imkon berdim va uning o‘zini ko‘rsatishini istadim. Shu sababli har bir futbolchi o‘yinga tayyor turishi kerak.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • "Navbahor" maydonida uchralgan mag‘lubiyatga Sekeyra qanday izoh berdi? 15 avg, 23:00
  • Mikael Sekeyra: "Lokomotiv" yana bir bor o‘zining yaxshi o‘yinini namoyish etdi. Afsus, g‘alabani ushlab qola olmadik" 07 avg, 23:57
  • Mikael Sekeyra: "Ideal o‘yin ko‘rsata oldik" 31 iyul, 08:30
  • Eldor SHomurodov ushbu mavsumda qaysi top-hujumchilardan ko'proq gol urdi? 23 мая, 15:30
  • "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra ishtirokidagi matbuot anjumani 20 apr, 22:00
  • Andrey Fyodorov: Barcha o‘yinlarni 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlashga ham yo‘q demasdim 28 fev, 23:35
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish uchun qanday hujjat talab qilinadi? 24 okt, 01:03 114
  • Kapitalizm o‘zini oqlamadi - Vladimir Putin sovet davrini esga oldi 23 okt, 23:56 197
  • Ertaga nima mumkin, nima mumkin emas? 23 okt, 23:30 209
  • Abdurashid Do‘stum «Tolibon»ga to‘rtta shart qo‘ydi 23 okt, 23:04 347
  • O‘zbekistonda qish qahraton bo‘ladimi? 23 okt, 22:35 440
  • Madagaskarda ocharchilik: odamlar chigirtkalarni yeb jon saqlamoqda... 23 okt, 22:12 383
  • Sekeyra hakamlarni aybladi, bunga Ashurmatov qanday javob qaytardi? 23 okt, 21:44 385
  • “Nyukasl”ni qabul qilishga tayyor murabbiy topildi 23 okt, 21:21 375
  • O‘zbekistonning tashqi savdodagi top-10 hamkorlari ma’lum qilindi 23 okt, 20:55 262
  • O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiya yetkazib berishni to‘xtatdi 23 okt, 20:30 337
  • Ronaldu: Har kim jamoada o‘z o‘rnini bilishi kerak! 23 okt, 20:10 318
  • Viktor Jalilov: “Natijadan qoniqmadim, g‘alaba qozonishni xohlagandim” 23 okt, 19:43 289
  • Bo‘limlar