“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 05:09
ЎЗO‘Z

Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi

16 sen, 21:40 1 704 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi Foto: «Advantour.com»
Turkmaniston poytaxti Ashxobodda politsiyachilar ko‘chalarda shorti kiyib yurgan odamlarni to‘xtatib, ulardan boshqa kiyim kiyib olishni talab qilmoqda, ba’zi hollarda ularga jarima ham to‘latilmoqda. Bu haqda Azatlyk Radiosy va Turkmen news xabar bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunday holatlar shaharning bosh ko‘chalarida va ayrim muassasalarda yuz bermoqda. Masalan, Turkmaniston-Turkiya bankiga tashrif buyurgan mijozdan eshik oldida navbatchilik qilayotgan politsiyachi boshqa kiyim kiyib kelishni talab qilgan. Bank xodimining mijozni kiritish iltimosini ham inobatga olmagan va navbatda turgan boshqa fuqarolarni ham poytaxtning jamoatchilik joylariga shorti yoki shippakda kelish endi taqiqlangani haqida ogohlantirgan.

Shuningdek, istirohat bog‘ida shorti kiyib sayr qilayotgan o‘spirindan 25 manat (qariyb 15 dollar) jarima undirilib, kiyimini almashtirib kelish uchun uyiga jo‘natib yuborilgan.

«Ehtimol, Turkmanistonda yangi qoida kiritilib, uning yordamida hukumat vaqti-vaqti bilan fuqarolarning tashqi ko‘rinishini tartibga solishga urinilmoqda», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda ham jamoat joylarida shortida yurish ma’qullanmagan holatlar haqida ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari ma’lum qilgan. Chunonchi, Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhi foydalanuvchilaridan biri shorti kiygani uchun Toshkentdagi tibbiyot muassasalaridan biriga kiritilmaganidan shikoyat qilgan. Yana bir holat Shahrisabzda kuzatilgan: shorti kiygan er-xotin hayvonot bog‘iga qo‘yilmagan.

Turkmanistonda yana nimalar taqiqlangan?
Mamlakatda 40 yoshdan kichik erkaklarning soqol o‘stirishi ham yozilmagan qoidalar bilan taqiqlangan. Ushbu taqiq ancha vaqtdan buyon amal qilib keladi. Vaqti-vaqti bilan politsiyachilar ko‘chalarda soqol qo‘ygan yoshlarni to‘xtatib, bo‘linmaga olib ketadi va soqolini olib tashlashni talab qiladi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, ular do‘pposlanishi va tahqirlanishi ham mumkin.

Bundan tashqari, davlat muassasalarida ishlaydigan ayollar sochini och rangga bo‘yashi, tirnoq o‘stirishi va bo‘yashi, kiprik o‘stirishi, tilla taqinchoqlar taqishi mumkin emas. Shunday talablardan keyin bojxona xizmati chegarada sochni ochartiruvchi vositalar va och rangli bo‘yoqlarni ushlab qola boshladi. O‘qituvchi ayollardan milliy dress-kod talab qilinadi.

Shuningdek, Turkmanistonda tatuirovka salonlari ham yopib tashlangan. Xabarlarga ko‘ra, politsiyachilar tanasida tatuirovka bo‘lgan odamlarni qo‘lga olib, bo‘limga olib ketgan va uni qayerda chizdirgani haqida so‘roq qilgan.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • “Vahima qo‘zg‘atyapti” — Ashxobodda yuziga niqob taqqan ayol jarimaga tortildi 26 fev, 22:28
  • Ashxobodda 2020 yil ramzi — kalamush dizayni tasdiqlandi 06 dek, 22:30
  • BMT niqobning taqiqlanishini musulmon ayollari huquqlarining toptalishi deb tan oldi 25 okt, 08:56
  • “Jodugarlar” qizning oyog‘ini qaynoq suvga botirishdi 08 fev, 00:00
  • Turkmanistonda ayollarga mashina haydash taqiqlab qo‘yildi 06 yanv, 08:03
  • Turkiyada polisiyachi ayollarga hijob kiyib yurishga ruxsat berildi 28 avg, 11:00
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish uchun qanday hujjat talab qilinadi? 24 okt, 01:03 114
  • Kapitalizm o‘zini oqlamadi - Vladimir Putin sovet davrini esga oldi 23 okt, 23:56 197
  • Ertaga nima mumkin, nima mumkin emas? 23 okt, 23:30 209
  • Abdurashid Do‘stum «Tolibon»ga to‘rtta shart qo‘ydi 23 okt, 23:04 347
  • O‘zbekistonda qish qahraton bo‘ladimi? 23 okt, 22:35 440
  • Madagaskarda ocharchilik: odamlar chigirtkalarni yeb jon saqlamoqda... 23 okt, 22:12 383
  • Sekeyra hakamlarni aybladi, bunga Ashurmatov qanday javob qaytardi? 23 okt, 21:44 385
  • “Nyukasl”ni qabul qilishga tayyor murabbiy topildi 23 okt, 21:21 375
  • O‘zbekistonning tashqi savdodagi top-10 hamkorlari ma’lum qilindi 23 okt, 20:55 262
  • O‘zbekiston Qirg‘izistonga elektr energiya yetkazib berishni to‘xtatdi 23 okt, 20:30 337
  • Ronaldu: Har kim jamoada o‘z o‘rnini bilishi kerak! 23 okt, 20:10 318
  • Viktor Jalilov: “Natijadan qoniqmadim, g‘alaba qozonishni xohlagandim” 23 okt, 19:43 289
  • Bo‘limlar