“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 22:51
ЎЗO‘Z

Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

15 sen, 18:55 2 210 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qonunni imzoladi. Hujjatga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlarining «o‘sish nuqtalari» belgilanganligi munosabati bilan quyidagilar yer, mol-mulk soliqlari, aylanmadan olinadigan soliq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qat’iy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilinadi:

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan belgilanadigan, Qoraqalpog‘iston har bir shahar va tumanlarining o‘ziga xos «o‘sish nuqtasi» deb aniqlangan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha yangidan tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’ektlari – 2024 yil 1 yanvarga qadar;

Taxtako‘pir, Bo‘zatov va Shumanay tumanlarida joylashgan yangidan tashkil etiladigan sanoat yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari – 2024 yil 1 yanvarga qadar;

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan aniqlanadigan, sharoiti og‘ir bo‘lgan 45 ta mahalla va ovullarda yangidan tashkil etiladigan xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi tadbirkorlik sub’ektlari – 2026 yil 1 yanvarga qadar.

Farg‘ona viloyati bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar hududida joylashgan eksklavlari uchun alohida soliq stavkalari belgilanmoqda (So‘x tumani, Rishton tumanining Cho‘ng‘ara mahallasi, shuningdek Farg‘ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa – 2 ko‘chasi):

foyda solig‘i (15%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (12%), ijtimoiy soliq (budjet tashkilotlaridan tashqari) (12%) va aylanmadan olinadigan soliq (4%) bo‘yicha 1 foiz miqdorida soliq stavkasi belgilanmoqda;

qat’iy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i amalda har oyda to‘lanadigan 25 ming so‘m o‘rniga, har chorakda 25 ming so‘m miqdorida to‘lanadi;

yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi amalda har oyda to‘langan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (oyiga 245 ming so‘m) o‘rniga, yiliga bir marotaba bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida (oyiga 20 ming so‘m) to‘lanishi belgilanmoqda.

Turizm va sport sohasi bo‘yicha
2021 yil 31 dekabrgacha bo‘lgan davr uchun turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi sub’ektlar foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50 foizga kamaytirib hisoblagan holda to‘lashi, ijtimoiy soliqni kamaytirilgan stavkada (1 foiz) to‘lashi, yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlarini to‘lashdan ozod qilinadi;

soliq to‘lovchining prezident yoki hukumat qarorlari bilan belgilanadigan dasturlarda ishtiroki natijasida olingan bonuslar, mukofotlar ko‘rinishidagi pul to‘lovlari tarzidagi daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi va boshqalar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 75
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 81
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 155
  • MB raisi: Budjet xarajatlarining yuqori darajada oshishi inflyatsiyaga ham ta’sir qiladi 25 apr, 20:28 126
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 91
  • So'nggi yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 25
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 56
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 34
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 55
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 55
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 44
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 53
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 141
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 74
  • Bo‘limlar