“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 09:13
ЎЗO‘Z

Oyoq urganda nima qilish kerak? Qadoq bitishiga yordam beradigan 7 tavsiya

14 sen, 18:00 2 943 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Oyoq urganda nima qilish kerak? Qadoq bitishiga yordam beradigan 7 tavsiya Foto: «Domashniy ochag»
Ko‘chadagi jazirama va yangi poyabzal oyoqda qadoq paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunday vaziyatda og‘riqni kamaytirish, yaraning bitishi hamda infeksiya tushmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida maslahat berib o‘tamiz.

Poyabzalni almashtiring
Qanchalik o‘ziga xos ko‘rinmasin, havoga mos deb sotib olingan tufli oyoqda qadoq paydo bo‘lishiga olib keladigan bo‘lsa, undan voz kechgan yaxshi. Buning o‘rniga yangi bo‘lmasa ham oyoqni urmaydigan hamda qulay variantni kiying.

Yaraga ishlov bering
Qadoqni ehtiyotkorlik bilan oqar suv bilan yuving. Keyin esa atrofiga istalgan antiseptik — 3 foizli vodorod peroksidi, spirt yoki yod eritmasi bilan ishlov bering. Yaraning o‘zini tarkibida spirt bo‘lgan eritma bilan artmang. Bu kuyishga olib keladi va yaraning bitishi qiyinlashadi.

Mazdan foydalanmang
Ko‘pchilik istalgan yara bitishi uchun krem yoki mazdan foydalanish kerak deb hisoblaydi. Dermatologlar esa ho‘l yaraning bitishini yomonlashtirgani sabab maz va kremlardan foydalanmaslik kerak deb hisoblaydi.

Plastirdan foydalanish
Havo qancha ko‘p bo‘lsa, zararlangan qism shuncha tez bitadi. Shuning uchun ham qadoq ustiga plastir yopishtirmang. Doka bog‘lam yoki dokasi bor plastirdan esa foydalanishingiz mumkin. Oddiy plastir yopishib qoladi, ko‘chirganda esa terini yanada kuchliroq shikastlaydi.

Bog‘lam va vanna qabul qilish
Bir plastir bilan bir necha kun davomida yurib bo‘lmaydi. Imkon bo‘lishi bilan uni kun o‘rtasida almashtirish, uyqudan avval esa ehtiyotkorlik bilan olib tashlash kerak. Vanna qabul qilganda esa yara yopilgan bo‘lgani yaxshi.

Og‘riqsizlantirish
Arzimasdek tuyulgani bilan kichkina qadoq kechasi og‘riq berishi mumkin. Bunday vaziyatda ibuprofen ayni muddao bo‘lishi mumkin.

Shifokorga murojaat qiling
Qadoqdan paydo bo‘lgan yara bitmasa, og‘rishda davom etsa, infeksiya tushgan bo‘lishi mumkin. Dermatologga murojaat qiling va uning tavsiyalariga amal qiling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 188
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 103
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 217
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 338
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 169
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 291
  • So'nggi yangiliklar
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 0
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 0
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 82
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Bo‘limlar