“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 22:01
ЎЗO‘Z

UzAuto Motors imtiyozlar ortidan katta foyda ko‘rdi

08 sen, 09:28 2 137 Avto
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
UzAuto Motors imtiyozlar ortidan katta foyda ko‘rdi UzAuto Motors kompaniyasi soliq-bojxona imtiyoz va preferensiyalari evaziga 2021 yilning 6 oyi davomida 1,9 trln. so‘m (177,6 mln. dollar) miqdorida foyda ko‘rgan.

Gazeta.uz xabariga ko‘ra, Prezident va Vazirlar Mahkamasi qarorlariga asosan, UzAuto Motors bojxona imtiyozlaridan 1,64 trln. so‘m, qo‘shimcha qiymat solig‘i qo‘shilishidan 255,6 mlrd. so‘m, aksiz solig‘ini to‘lamaslik ortidan 356,7 mln. so‘m miqdorida foyda ko‘rgan.

Birinchi chorakning o‘zida esa xuddi shunday imtiyozlar ortidan UzAuto Motors 747,9 mlrd. so‘m: bojxona — 650,3 mlrd. so‘m, QQS — 97,2 mlrd. so‘m va aksiz solig‘i — na 356,6 mln. so‘m foyda ko‘rgan. Ikkinchi chorakda bu ko‘rsatkich 1,1 trln. so‘m: bojxona bojlari — 993,8 mlrd. so‘m, QQS — 158,4 mlrd. so‘m, aksiz solig‘i — 127,1 ming so‘m.

«Maxfiy ma’lumot»
2020 yil noyabrda UzAuto Motors kompaniyasi 8750 ta Chevrolet Equinox mashinasini yetkazib berish uchun 200 mln. dollarlik shartnoma imzolagandi. Shunda bu summa bitta Chevrolet Equinox uchun 22 845 dollardan to‘g‘ri kelgan, UzAuto Motors esa buni 33 664 dollardan sotgandi.

O‘sha paytda bir qator deputatlar Davlat bojxona qo‘mitasi va Moliya vazirligiga so‘rov yuborib, UzAuto Motors kompaniyasi va Jizzaxdagi avtomobil zavodiga berilgan imtiyozlar haqida ma’lumot so‘ragan. DBQ bunday ma’lumotlar "maxfiy" ekanini aytib, ommaga oshkor qilmaslik sharti bilan tanishish mumkinligini aytgandi.

Keyinroq Hisob palatasi "O‘zavtosanoat" mahalliy mashina ishlab chiqarishda yig‘im olinmayotganini aytib, imtiyozlarni qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidlagandi. O‘tgan yili 9 oy davomida to‘lanmagan soliqlar 582,6 mlrd. so‘m, bir yilda esa qariyb 780 mlrd. so‘mni tashkil etgandi. Bu yig‘in yuqoridagi imtiyozlarga kiradimi-yo‘qmi, bunisi noma’lum.

2021 yil yanvar-iyul oylarida UzAuto Motors 124,9 ta yengil mashina ishlab chiqargan. Bu esa o‘tgan yilgi shu davrga nisbatan 25,9 foizga, yoki 43,8 donaga kam degani. Lekin shunga qaramay, UzAuto Motors 70 foiz, ya’ni 902,6 mlrd. so‘m (84,6 mln. dollar) sof foyda ko‘rishga ulgurgan.

Avgust oyi oxirlarida prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvda Asakadagi avtomobil zavodi avvallari mashinalarni ichki bozorga nisbatan chetga 30-40 foizga arzon eksport qilgan. Endi esa Toshkent, Namangan va Jizzaxda mashina zavodlari paydo bo‘lishi ortidan UzAuto Motors faoliyatini qayta ko‘rib chiqish kerakligi aytilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 183
  • O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan? 22 apr, 18:53 159
  • Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi 22 apr, 16:22 212
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 139
  • Shavkat Mirziyoyev Jizzaxdagi avtomobil zavodi faoliyati bilan tanishdi (foto) 08 apr, 20:30 370
  • O‘zbekistonda elektromobillarga o‘tish tendensiyasi qanday ketyapti? 03 apr, 20:28 205
  • So'nggi yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 25
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 56
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 34
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 55
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 55
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 44
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 53
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Ukraina Amerikaning Abrams tanklarini oldingi chiziqdan olib tashlayapti 26 apr, 17:43 141
  • “O‘zavtosanoat” AJ tarkibidagi 38 ta korxona sotiladi 26 apr, 17:18 74
  • Bo‘limlar