“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 17:10
ЎЗO‘Z

Ismaloq, yong‘oq, jigar va B guruhi vitaminlariga boy boshqa mahsulotlar

01 sen, 18:47 2 380 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ismaloq, yong‘oq, jigar va B guruhi vitaminlariga boy boshqa mahsulotlar Foto: Pinterest
B guruhi vitaminlari tananing eng muhim vazifalarida ishtirok etadi, uning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash esa, albatta, organizm salomatligi bilan bog‘liq. Masalan, asab tizimini tartibga solish uchun stressga qarshi turish va yaxshi kayfiyat lozim.

Shuningdek, immunitet tizimini mustahkamlashga, hujayralardagi metabolizmni tartibga solishga va qondagi qand miqdorini me’yorda saqlashga yordam beradi. B guruhi vitaminlari bir-biri bilan birgalikda yaxshi samara beradi. Shuning uchun ham ushbu vitaminga boy mahsulotlarni ratsionga kiritish tavsiya etiladi.

Tuxum
Qaynatilgan yoki qovurilgan tuxumda B guruhiga tegishli 6 xil vitamin mujassam: B1, B2, B5, B6, B9 va B12.

Rikotta
Qatiq zardobiga asoslangan yengil italyan pishlog‘ida B6, B1(tiamin), niatsin (B3), riboflavin (B2) va folat mavjud.

Jigar
Jigar B12 vitamini (kobalamin) bo‘yicha rekordchi. 100 gramm jigarda 10 kunlik norma mavjud. Shuningdek, jigarda B2, B3 vitaminlari va kam uchraydigan B7 vitamini ham (biotin) mavjud.

Baliq
Baliq eng sog‘lom ovqatlardan biri deb hisoblanishi bejiz emas: 100 gramm baliq go‘shtida B1, B2, B3, B5, B6 va B12 vitaminlari kunlik qiymatining 30 foizidan 50 foizigacha bo‘ladi.

Ismaloq
Ajablanarli darajada folat (B9)ga boy: 100 grammi kunlik ehtiyojning yarmini o‘z ichiga oladi.

Dengiz mahsulotlari
Dengiz mahsulotlari B12 vitamini uchun kunlik ehtiyojning 400 foizini va B2 vitaminining 25 foizini ta’minlaydi.

Kungaboqar
Bu oddiy mahsulotning 100 grammi organizmning B3, B6, B5 va B9 vitaminlariga bo‘lgan kundalik ehtiyojining qariyb 30 foizini qoplay oladi.

Don mahsulotlari
Ularni har qanday shaklda muntazam iste’mol qilish B2, B3, B5, B6, B12 va B9 vitaminlarining normal darajasini saqlab turadi.

Yong‘oq
B7 vitamini (biotin)ning ajoyib manbai bodom, yeryong‘oq va yong‘oqdir. Shuningdek, yong‘oq tarkibida B3, B6 va B1 vitaminlari mavjud.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 93
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 256
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 167
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 243
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 380
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 176
  • So'nggi yangiliklar
  • Oq uy Kiyevning g‘alabasiga shubha qilmoqda 26 apr, 16:38 1
  • Futzal. Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Markaziy Osiyo jamoalari kurashadigan bo‘ldi 26 apr, 16:19 1
  • “Mayns” futbol klubi stadionidan 500 kilolik bomba topildi 26 apr, 15:51 10
  • Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi 26 apr, 14:53 20
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 31
  • Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev «qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani» haqidagi videoga izoh berdi 26 apr, 14:02 160
  • Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi 26 apr, 13:48 172
  • Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi 26 apr, 13:25 78
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 98
  • Istalgan qonni birinchi guruh qoniga aylantirish yo‘li topildi 26 apr, 12:40 48
  • Urushdan qaytgan Rossiya harbiy xizmatchilari 100 dan ziyod qotillikka qo‘l urgan 26 apr, 12:17 165
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 104
  • Bo‘limlar