“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 07:37
ЎЗO‘Z

Mourino nega aynan Shomurodovni tanladi?

03 avg, 20:02 2 948 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mourino nega aynan Shomurodovni tanladi?
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning “Jenoa”dan “Roma”ga transferi so‘nggi kunlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylanib bormoqda.

To‘g‘risini aytish kerakki, Eldorning Rim klubiga o‘tishi ko‘pchilik uchun kutilmagan transfer bo‘ldi. Muxlisu mutaxassislar o‘rtasida “bo‘rilar”ning bosh murabbiy Joze Mourino boshchiligidagi bu yurishiga izoh kutayotganlar ham kam emas.

Shomurodov “Roma” bilan besh yillik shaxsiy shartnoma imzolagan va unga ko‘ra, har mavsum 2 million yevro maosh olishi aytilmoqda.
Xullas, yuqorida ochiqlangan transferga ko‘pchilik “Roma”dan izoh kutayotgan edi. Klubning bosh menejeri Tyago Pinto bu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, nega aynan o‘zbek hujumchisi tanlangani haqida rasmiy ma’lumot berdi.

- Eldor Shomurodov yanada rivojlanish uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan hujumchi va u o‘zi yaxshi biladigan chempionatda “Roma”da o‘zini ko‘rsatishga ishtiyoqi balandligini namoyon qilmoqda. Uning bu ishtiyoqi bilan futbolchi sifatida jamlagan sifatlari bizning bosh murabbiy targ‘ib qilayotgan o‘yin uslubi bilan hamohangdir. Aynan mana shu sabab tufayli biz o‘zbek hujumchisini klubimizda qatlashdan mamnunmiz, - dedi Tyago Pinto klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Darhaqiqat, Italiya futboli tahlilchilari Eldor Shomurodovning tezkorligi, driblingi, pas oshirish mahorati, yakkakurashlarda g‘olib chiqishi, bosh bilan yaxshi o‘ynashidan tashqari, ortga qaytib, himoyaga katta yordam berishi, to‘psiz va to‘p bilan maydon bo‘ylab samarali harakat qila olishi, har qanday tipdagi hujumchi bilan sherik bo‘la olishi, intizomliligi, mehnatkashligi va kamtarligini ham yaxshi xususiyat sifatida e’tirof etib kelishadi.

Eldor Shomurodov “Roma” jamoasida 14-raqamda to‘p tepadigan bo‘ldi. Ma’lumot uchun, bu raqamda Rim klubida Patrik Shik, Boyan Krkich, Lyudovik Jyuli, Kristian Panuchchi, Luiji Di Byadjo, Klaudio Raneri kabi o‘z davrining mashhur futbolchilari ham to‘p surgan.
Ayni paytda Eldor Shomurodov Portugaliyaga yo‘l olib, Joze Mourino boshchiligida olib borilayotgan mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

Eldor Shomurodov “Roma”dagi rasmiy debyut uchrashuvini 22 avgust kuni o‘tkazishi mumkin. Shu kuni “Roma” A Seriyaning birinchi tur bellashuvida o‘z maydonida “Fiorentina” futbolchilarini qabul qiladi.

Yangi mavsumda Eldor Shomurodov yana o‘zini ko‘rsatib, muntazam gol urishiga ishonamiz!




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 1
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 10
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 231
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 75
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 83
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 71
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 0
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 0
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 10
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 109
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 230
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 75
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 82
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 71
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 113
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 203
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 151
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 91
  • Bo‘limlar