“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 15:54
ЎЗO‘Z

Prezident: «Yo‘lda qarab kelaman, bekatlarda ellik foiz odam niqob taqmagan»

03 avg, 18:58 2 502 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: «Yo‘lda qarab kelaman, bekatlarda ellik foiz odam niqob taqmagan»
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor davomida koronavirus pandemiyasiga qarshi kechayotgan kurash keskin muhokama qilindi.

Davlat rahbari aholi o‘rtasida karantin chora-tadbirlariga amal qilmaslik holatlari juda ko‘pligini tanqid qildi va shaxsan o‘zi guvoh bo‘lgan vaziyatlarga to‘xtaldi.
«Yo‘lda qarab kelaman, bekatlarda ellik foiz odam niqob taqmagan. Aksariyat yo‘lovchilar ham, haydovchilar ham maska taqmasdan yuribdi.
To‘y-tomoshalar to‘xtamagan, yaqinda mana OTMga kirish imtihonlari bo‘ladi. Abituriyentlarning yaqinlari imtihonlarni kuzatish uchun kelishadi. Ular orasida ijtimoiy masofani saqlash va gigiyenaga amal qilishni nazorat ostiga olish kerak.
To‘y marosimlarida 50 kishilik cheklov va test sinovlarida karantin talablariga amal qilinishi qat’iy nazorat ostida bo‘lishi shart
», — dedi davlat rahbari.

Prezident tomonidan ta’kidlanishicha, uy sharoitida davolanish uchun odamlarda yetarlicha tushuncha yo‘qligi sabab bir qator muammolar yuzaga kelmoqda.
«Uy sharoitida noto‘g‘ri davolanish tufayli ko‘pchilik qiyin ahvolga tushib qolyapti. Ularning aksariyati shifoxonaga og‘ir ahvolda kelmoqda. Bu masalani tizimli nazorat qilish kerak va OAV orqali to‘g‘ri davolanishni targ‘ib etish lozim», —dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari koronavirusga qarshi kurash uchun ko‘riladigan qo‘shimcha chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Maxsus tibbiyot brigadalari sonini ikki barobar oshirish va dori bilan ta’minlash lozim. Dori-darmon masalasida zaxiramiz yetarlicha, bemalol ta’minlab berishga imkonimiz bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident shu bilan birga dorixonalarda narx-navo asossiz oshib ketayotganini tanqid qildi va bu masalani nazorat ostiga olishni talab qildi.
«Dori narxlari asossiz oshishiga qarshi kurashni qat’iylashtirish lozim. Bu yoqda odamlar azob chekmoqda, ba’zi noinsoflar esa bundan foydalanib qolmoqda. Dori-darmon narxini mahkam jilovlash lozim», — dedi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish davomida hammadan koronavirusga qarshi kurashda birlashishni so‘radi.
«Butun elimiz bilan oyoqqa turishimiz kerak. O‘tgan yili na shifoxona, na kislorod va na yetarlicha uskunalar bor edi. Ammo shunda ham kurashgandik. Xozir esa hamma narsamiz yetarli», — dedi davlat rahbari.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 2
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 1
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Samarqandda erini tiriklay yoqib yuborgan ayol: “Bor-yo‘g‘i 1,5 litr benzin quydim” 24 apr, 14:42 0
  • Ilmiy tadqiqot: D vitamini tanqisligi bedavo kasalliklarga olib kelishi mumkin 24 apr, 14:14 0
  • Ibrohim Raisiy: “Eronga qayta hujum bo‘lsa, yahudiy davlatidan hech narsa qolmaydi” 24 apr, 13:57 0
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 35
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 78
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 22
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 85
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 12
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 71
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 129
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 71
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 88
  • Bo‘limlar