“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2021, 13:44
ЎЗO‘Z

Ko‘proq malina iste’mol qilishni boshlash uchun 5 sabab

03 avg, 23:14 1 601 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ko‘proq malina iste’mol qilishni boshlash uchun 5 sabab
Malina mavsumi boshlanishi bilan bekajonlar murabbo tayyorlashga kirishadi. Ushbu rezavor mazali bo‘lishi bilan birga, bir qancha foydali xususiyatlarga ham ega, deb yozadi Daryo.

Qondagi shakar miqdorini nazorat qiladi
Malinada kraxmalning parchalanishiga ta’sir o‘tkazadigan ko‘p miqdordagi taninlar mavjud. Bu rezavor past glisemik indeksga (GI) va kletchatkaga boy. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, malina parhez bilan birgalikda qondagi qand miqdorini pasaytirishga va insulin reaksiyasini yaxshilashga yordam beradi.

Artrit alomatlarini yo‘qotishga yordam beradi
Antosiyaninlar – bu o‘simlik pigmentlari bo‘lib, ular meva va sabzavotlarga rang beradi va ularning birikmalari orqali yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tabiiy bo‘yoqlar tufayli artrit rivojlanish xavfi kamayadi. Bundan tashqari, kasallik allaqachon rivojlanganda ham bo‘g‘imlarning holati yomonlashishdan to‘xtaydi.

Qarish jarayonining oldini oladi
Polifenollar malinani ultrabinafsha nurlanishining salbiy ta’siridan himoya qiladi  – ular insonlarga ham yordam berishi mumkin. Ko‘pgina polifenollar kuchli antioksidantlar bo‘lib, qarish bilan kurashishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu mo‘’jizaviy rezavor kollagen ishlab chiqarish uchun muhim bo‘lgan C vitaminiga boy.

Metabolik sindromdan himoya qiladi
Insulinga sezuvchanlik salomatlikning asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir. Metabolik sindromi sichqonlar bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalarda ishtirokchilar har kuni bir marta malina iste’mol qilish bilan o‘z vaznini barqarorlashtirishi va insulinga sezuvchanligini oshirishi ko‘rsatilgan.

Saratonga qarshi xususiyatlarga ega
Malinalar, shuningdek, nazariy jihatdan yo‘g‘on ichak, ko‘krak va jigar saratonidan himoya qiladigan antioksidantlarga boy. Ushbu tadqiqotlarning aksariyati hayvonlar ustida o‘tkazilgan, shuning uchun malinaning ushbu xususiyatini ko‘proq odamlarda sinab ko‘rish kerak.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Gilos inson organizmi uchun qanchalik foydali? 13 iyun, 13:56
  • Keksayganda salomatligingizda muammo bo‘lmasligiga yordam beruvchi 6 odat 04 dek, 14:37
  • Qandli diabetga chalinganlar muntazam iste’mol qilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar 24 noya, 14:36
  • Tarkibida shakar miqdori juda kam bo‘lgan mevalar 19 iyun, 15:18
  • Siz uchun nima zararliroq — shakarmi yoki tuz? 05 apr, 23:59
  • Malinaning siz bilmagan shifobaxsh xususiyatlari 24 noya, 14:24
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Ilgari vaziyat og‘ir edi, hatto o‘z ko‘chamni asfalt qila olmaganman 24 sen, 13:30 0
  • Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi 24 sen, 13:09 0
  • Surxondaryoda mast haydovchi Lacetti’da ikki YPX inspektorini sudrab ketdi 24 sen, 13:06 0
  • Nokia uchtalik kamera va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi G50 smartfonini taqdim etdi 24 sen, 11:55 8
  • Elbrus fojiasi: alpinistlar halok bo‘ldi 24 sen, 11:28 44
  • «Tolibon» Ashraf G‘anidan olib chiqib ketgan pullarini qaytarishni talab qilmoqda 24 sen, 11:05 166
  • Ozodbek Nazarbekov Davron Kabulovga mukofotni topshirdi 24 sen, 10:42 270
  • Ronaldu qimmatbaho Bentley sotib oldi va o‘ziga qo‘riqchi yolladi 24 sen, 10:39 244
  • Shomurodovga ogohlik qo‘ng‘irog‘i... 24 sen, 10:36 674
  • "Roma" "Udineze" ustidan zafar quchdi, Shomurodov 86-daqiqada maydonga tushdi (video) 24 sen, 10:26 219
  • Liviya: Xalifa Haftar endi prezident bo‘lmoqchi 24 sen, 09:50 246
  • Farg‘onada ichki ishlar organlari xodimlari bugundan elektroshokerdan foydalanishni boshlaydi 24 sen, 09:22 263
  • Bo‘limlar