“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 00:14
ЎЗO‘Z

Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi

03 avg, 11:24 1 162 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda), ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid qo‘shimcha kiritildi.

“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 17 iyuldan ayrim toifadagi fuqarolarga majburiy emlash joriy qilingan edi. Ular - tibbiyot va ta’lim muassasalari, transport kompaniyalari, chakana savdo shoxobchalari xodimlari, davlat xizmatchilari hamda boshqalar.

Shu bilan birga, adliya vaziri Ruslanbek Davletov ish beruvchi xodimni emlashdan bosh tortgani uchun ishdan bo‘shatishi emas, balki chetlashtirishi mumkinligini ma’lum qildi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Senatorlar O‘zbekistonda majburiy emlashni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi 31 iyul, 16:33
  • O‘zbek tili bayramini nishonlash to‘g‘risida Qonun imzolandi 10 apr, 18:50
  • Karantin qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy va jinoiy jazo choralarini nazarda tutuvchi qonun imzolandi 26 mar, 19:07
  • Prezident «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi 17 mar, 14:46
  • «Bankrotlik to’g’risida»gi qonunga o’zgartishlar kiritildi 15 dek, 14:32
  • To‘rtta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda 11 apr, 17:57
  • So'nggi yangiliklar
  • Mourinyu: "Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Men bu turnirni yutmoqchiman!" 16 sen, 23:45 33
  • Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim" 16 sen, 23:30 68
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi 16 sen, 23:08 105
  • “Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi 16 sen, 22:48 181
  • Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi" 16 sen, 22:20 140
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik" 16 sen, 22:05 189
  • Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi 16 sen, 21:40 304
  • Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi 16 sen, 21:15 283
  • Superliga. "Nasaf" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag‘lub etdi 16 sen, 20:56 300
  • FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi 16 sen, 20:44 403
  • Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi 16 sen, 20:20 191
  • Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi qanday munosabatda ekanligi haqida (video) 16 sen, 19:44 805
  • Bo‘limlar