“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 00:34
ЎЗO‘Z

Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi

02 avg, 18:30 2 446 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkmaniston prezidenti yangi qiruvchi samolyotni sinovdan o‘tkazdi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Bolqon viloyatiga tashrifi chog‘ida armiya ixtiyoriga topshirilgan yangi harbiy samolyotlar bilan tanishdi va ulardan birida parvoz qildi. Bu haqdagi reportaj Turkmaniston telekanallari orqali namoyish etildi, deb yozadi Interfaks.

Xabarda aytilishicha, harbiy uchuvchi libosini kiygan Berdimuhamedov A-29A Super Tucano yengil qiruvchi samolyotini boshqargan.
U ikkinchi uchuvchi kabinasida o‘tirib sahro va chegara atrofidagi tog‘lar hamda Kaspiy dengizi uzra parvoz qilgan.

Sinov parvozidan so‘ng u mudofaa vaziri Begench Gundog‘diyevning prezident kiygan uchuvchilar libosini Ashxobodda qurilayotgan Berdimuhammad Annayev (Gurbanguli Berdimuhamedovning bobosi) nomidagi harbiy maktab muzeyiga topshirish to‘g‘risidagi iltimosiga rozilik bergan.

Xorij nashrlarining ma’lumot berishicha, A-29A Super Tucano qiruvchi samolyoti Braziliyaning “Embrayer” firmasi tomonidan YEMV-314 o‘quv-mashg‘ulot samolyoti negizida ishlab chiqilgan. U havo kengliklarini himoya qilish, razvedka olib borish, quruqlikdagi qo‘shinlarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Samolyot ekipaji ikki kishidan iborat, maksimal parvoz tezligi 560 km/s, maksimal parvoz balandligi 10600 metrni tashkil etadi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Qozog‘istonda MiG-31 qiruvchi samolyoti qulab tushdi (video) 17 apr, 16:26
  • Turkiya qiruvchi samolyoti Suriya samolyotini urib tushirdi 03 mar, 16:30
  • Turkmaniston prezidenti velosipedda o‘tirib to‘pponchadan o‘q otish mahoratini namoyish qildi 14 iyun, 10:41
  • Putinga «xanjar»li MiG-31 qiruvchi samolyoti namoyish etildi (video) 15 мая, 12:14
  • Turkmaniston Prezidenti harbiy vertolyotni sinovdan o‘tkazdi (foto) 19 yanv, 13:15
  • Poroshenko MiG-29 qiruvchi samolyotida parvoz qildi 05 avg, 20:03
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbeklarda millatchilik bormi? 17 sen, 00:14 0
  • Mourinyu: "Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Men bu turnirni yutmoqchiman!" 16 sen, 23:45 33
  • Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim" 16 sen, 23:30 68
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi 16 sen, 23:08 105
  • “Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi 16 sen, 22:48 181
  • Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi" 16 sen, 22:20 140
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik" 16 sen, 22:05 189
  • Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi 16 sen, 21:40 304
  • Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi 16 sen, 21:15 283
  • Superliga. "Nasaf" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag‘lub etdi 16 sen, 20:56 300
  • FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi 16 sen, 20:44 403
  • Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi 16 sen, 20:20 191
  • Bo‘limlar