“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 02:19
ЎЗO‘Z

DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi

02 avg, 18:25 2 065 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX tomonidan noqonuniy yer sotish holatlarining oldi olindi
DXX hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda Beshariq tumanidagi fermer xo‘jaliklaridan birining rahbari Beshariq tuman hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun turmush o‘rtog‘i rahbarligidagi dehqon xo‘jaligiga ajratilgan va tumandagi Toshariq mahallasida joylashgan 35 sotix yer maydonini 29 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ushlandi.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Oltiariq tumanidagi Qapchug‘ay qishlog‘ida joylashgan 20 sotix bo‘sh yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan 30 ming AQSH dollariga sotishni va hujjatlarni fuqaroning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, kelishilgan mablag‘dan 15 ming AQSH dollarini olgan mansabdor shaxs qo‘lga olindi.

Bog‘dod tumanida yashovchi fuqaro boshqa bir shaxs rahbarligidagi dehqon xo‘jaligiga qarashli 4,75 gektar yer maydonini mijozga 11 ming AQSH dollari evaziga sotishga kelishib, hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qiladi. DXX hamda Departamentning Farg‘ona viloyati boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu fuqaro firibgarlik yo‘li bilan 11 ming AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

DXX Namangan viloyati boshqarmasi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Chortoq tuman xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Chortoq tumanidagi MCHJdan biriga qarashli 8 gektar yer maydonini bog‘dorchilik uchun ajratib, tuman hokimi qarorini tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga mijozdan 7 ming AQSH dollari va 31,5 mln so‘m olmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi.

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, o‘zini Bandixon tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari deb tanishtirib, davlat zaxirasida bo‘lgan yer maydonidan 2 gektarini 50 mln so‘mga sotishini hamda ushbu yer hujjatlarini tuman hokimiyatida ishlovchi tanishiga 50 mln so‘m berib hujjat qilib berishini va’da qilib, jami 100 mln so‘m so‘raydi va ushbu pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi 25 apr, 20:12 79
  • Botir Qodirov: “5 yoshimda otamni mendan tortib olishgan” 25 apr, 19:37 267
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 139
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 107
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 87
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 60
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 42
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 14
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 19
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 136
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 101
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 103
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 35
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 183
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 222
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 67
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 154
  • Bo‘limlar