“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 17 2021, 00:29
ЎЗO‘Z

Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video)

02 avg, 16:44 1 545 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijonda hokimiyat oldidagi yo‘lni to‘sgan ayollar jazolandi (video)
Ular viloyat hokimi qabul qilmagani sababli o‘z noroziliklarini yo‘lni to‘sish orqali namoyish etishgan edi.
Andijon viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, 31 iyul kuni Andijon viloyatida bir guruh fuqarolar viloyat hokimligi binosi oldiga hokim qabuli uchun kelishgan.
Hokimlik tomonidan qabul kuniga o‘zgartirish kiritilgani va hozirda hokimning birinchi o‘rinbosari qabuliga kiritilishi ma’lum qilingan. Biroq fuqarolar o‘rinbosar qabuliga kirishdan bosh tortishgan va hokimlik binosi yonidan o‘tgan avtomobil yo‘liga chiqib, mashinalar harakatini cheklashga urinishgan.

Shundan so‘ng mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hujjatlar Andijon shahar sudiga yuborilgan.

Sud qarori bilan 11 nafar fuqaroga MJtKning 183-(mayda bezorilik), 194-(IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) va 201-moddalari (yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish) 1-qismiga ko‘ra 8-11 sutka ma’muriy qamoq jazosi va yana 6 nafar fuqaroga BHMning 7 baravari (1 mln 715 ming so‘m) jarima tayinlangan.

Bunday holat Andijonda birinchi marta emas. O‘tgan yili internetda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov unga «sassiq gapirgan» marhamatlik uch ayolni 15 sutkaga qamatgani haqida gapirgan audio tarqalgan va ushbu audioga viloyat hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirgan edi.



 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda yo‘lni to‘sgan ayollarga jazo tayinlandi 16 iyul, 23:00
  • Samarqandda viloyat hokimligi binosi oldida o‘zini yoqmoqchi bo‘lgan ayol hodisasiga izoh berildi 26 iyun, 18:50
  • Andijonda qiynoqqa solingan fuqaro vafot etdi. 3 nafar ichki ishlar xodimi qamoqqa olingan 13 iyun, 20:19
  • Farg‘onada YPX inspektorining talabiga bo‘ysunmagan 19 nafar Damas haydovchisi qamaldi 11 mar, 20:25
  • Andijonda hokimlik xodimi 16 ming AQSH dollari miqdoridagi pora bilan qoʻlga tushdi (video) 16 sen, 18:00
  • Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha namoyish o‘tkazganlarga jazo belgilandi 20 noya, 10:05
  • So'nggi yangiliklar
  • Mourinyu: "Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Men bu turnirni yutmoqchiman!" 16 sen, 23:45 33
  • Mikael Sekeyra: "Futbolchilarga o‘yin uslubimni to‘liqligicha singdirib bo‘lmadim" 16 sen, 23:30 68
  • Bojxonachilar qonunbuzarlikning g‘ayrioddiy usulini fosh qilishdi 16 sen, 23:08 105
  • “Nasaf” OFK kubogi yarim finalida Osiyoning eng qadimiy klublaridan biriga qarshi o‘ynaydi 16 sen, 22:48 181
  • Hamidjon Aktamov: "Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi" 16 sen, 22:20 140
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Vaziyatlar yaratishda raqibdan ustunlik qildik" 16 sen, 22:05 189
  • Ashxobodda shorti kiyish taqiqlangani xabar berildi 16 sen, 21:40 304
  • Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi 16 sen, 21:15 283
  • Superliga. "Nasaf" "Qizilqum"ni kichik hisobda mag‘lub etdi 16 sen, 20:56 300
  • FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi 16 sen, 20:44 403
  • Shavkat Mirziyoyev Dushanbeda Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi 16 sen, 20:20 191
  • Jahongir Xo‘jayev aktrisaga uylanishiga onasi qanday munosabatda ekanligi haqida (video) 16 sen, 19:44 805
  • Bo‘limlar